“Inter” va “Roma”ning sobiq ustozi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin

Eldor Akmurzayev
29 apr 2020, 22:00
Italiyalik 44 yoshli mutaxassis Andrea Stramachchoni Eron terma jamosi bosh murabbiyi bo'lish ehtimoli mavjud, deya xabar qiladi Janluka Di Marcio.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis hozirda Eron futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. U xorvatiyalik murabbiy Dragan Skochichning o'rnini egallashi mumkin. Shuningdek, ushbu lavozimga Albaniya milliy jamoasi sobiq ustozi Janni de Byazi ham da'vogar bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Stramachchonining so'nggi ish joyi Eronning “Istiqlol” (2019) jamoasi bo'lgan. U klubda atigi 2 oy ishladi va moliyaviy muammolar tufayli u erni tark etgan edi.

Eron JCH-2022 saralashi 2-raundining “C” guruhida 6 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Italia