"Inter" va "Roma" sobiq futbolchisi SHukurov to'p tepayotgan "Karagyumruk" safiga qo'shildi
29 sen 2022 10:50
Yangiliklar
"Inter" va "Roma" sobiq futbolchisi SHukurov to'p tepayotgan "Karagyumruk" safiga qo'shildi
Italiya klublari sobiq azosi Adem Lyaich Turkiyada qoladi.
Turkiyaning "Fotih Karagyumruk" klubi Adem Lyaich bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. 30 yoshli serbiyalik yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma bir yarim yilga mo'ljallangan va keyingi transfer oynasidan boshlab kuchga kiradi.
Lyaich iyul oyidan beri erkin agent bo'lib turgandi. U 2018 yildan buyon Turkiyaning boshqa bir klubi "Beshiktosh"da o'ynab kelardi.
Bungacha Lyaich "Partizan", "Fiorentina", "Roma", "Inter" va "Torino" klublarida ham to'p tepgan. Serbiya terma jamoasi safida 47 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan.
Fikrlar