"Inter" va "Napoli" Nabi Keytaning vaziyatini o'rganmoqda
01 apr 2023 18:44
Yangiliklar
"Inter" va "Napoli" Nabi Keytaning vaziyatini o'rganmoqda
A Seriya klublari "Liverpul" futbolchisi Nabi Keytaning holatini o'rganib chiqyapti.
Ingliz klubi yarim himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. 2018 yilda "Leypcig"dan "Enfild"ga olib kelingan 28 yoshli futbolchi umidlarni oqlay olmadi.
Jarohatlardan boshi chiqmagani va bir maromda o'yin ko'rsata olmagani bois Gvineya terma jamoasi azosi asosiy o'yinchilar ro'yxatidan tushib qoldi.
Keyta joriy mavsum oxirida Mersisayd klubi bilan shartnomasini yakuniga etkazadi. Uning yangi bitimga ega bo'lishi ehtimoli juda past.
Fikrlar