"Inter" va "Milan" yangi stadion qurmoqchi
28 sen 2022 18:31
Yangiliklar
"Inter" va "Milan" "San-Siro" o'rniga yangi stadion qurish istagida. Buni "neradzurri" direktori Alessandro Antonello malum qildi.
"Ushbu stadion xotirasini qanday saqlab qolish bo'yicha ko'plab g'oyalar mavjud. Bu DNKimizning bir qismidir. "Milan" ham, "Inter" ham "San-Siro" bilan mustahkam aloqaga ega, ammo stadionni buzish kerak. Rejalashtirilgan sarmoya 1,3 milliard evroni tashkil etadi. Biz ham sport, ham ijtimoiy maqsadlarga egamiz va ekologik barqaror loyihani qidirmoqdamiz. Biz yangi stadion sig'imi 60-65 ming kishiga mo'ljallangan bo'lishini taminlash ustida ishlayapmiz", – dedi funkcioner.
Oldinroq "Inter" sobiq futbolchisi o'zini boshqa sportda sinab ko'rgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar