So’nggi yangiliklar

16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  0 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  0 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  0 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  3 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  14 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  7 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  3

"Inter" - TOP-3ga kirmaydi, "Lacio" va evrokubok finalchilari - TOP-5dan tashqarida. A Seriyaning eng qimmat klublari Yangiliklar

"Inter" - TOP-3ga kirmaydi, "Lacio" va evrokubok finalchilari - TOP-5dan tashqarida. A Seriyaning eng qimmat klublari

Gasperini jamoasi hali ham taslim bo'lmayapti.

A Seriya startiga ham ikki haftadan kamroq vaqt qoldi – "Napoli" yangi murabbiy bilan titulni himoya qilishga urinib ko'radi. Eski chempionlar "Milan" va "Inter" ham bosh sovrin uchun kurashda faol bo'lmoqchi. Evrokuboklarsiz qolgan "Yuventus" ham cho'qqiga qaytish orzusida, "Lacio", "Atalanta", "Roma", "Fiorentina" va qolgan klublar evrokubok yo'llanmalari uchun kurashishadi. "Oshpaz qanchalik zo'r bo'lmasin, masalliqqa yarasha taom bo'ladi" deyishganidek, bu kurashda tarkibdagi futbolchilar muhim faktor hisoblanadi. Tarkib borasida esa hozir, hali mavsum boshlanmagan bir paytda, misol uchun narxidan kelib-chiqib fikr yuritishimiz mumkin. Bugun tarkibining narxi bo'yicha A Seriyaning TOP-5 jamoasiga to'xtalamiz.


1. "Napoli" — 566,5 million evro

CHempion tarkibning asosiy azosi Viktor Osimxen jamoada qoladiganga o'xshaydi – uning shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Klub prezidenti Aurelio De Laurentisning odatdagidek "yaxshi ishtahasi" nigeriyalikning xaridorlarini qo'rqitib yuborishi hayratlanarli emas. Prezident muzokarani kamida 140 mln evrodan boshlashini eshitgan "Real" ham bu "ko'chaga kirmay" qo'ya qoldi.

Qolgan top ijrochilar – Raspadori, Kvaracxeliya, Zelinski, Angissa, Lobotka ham hech qaerga ketmaydi. Faqatgina Kim Min-Je "Bavariya" safiga borib qo'shildi. Biroq birgina bu "Napoli" raqamlariga keskin tasir ko'rsata olmaydi. Bunday holat yangi mavsum omadsiz o'tsa va narxi keskin oshgan Viktor Osimxen va Xvicha Kvaracxeliya singari futbolchilargap bo'lgan "baho" o'zgarishi natijasida yuz berishi mumkin. Klub Luchano Spalletti bilan xayrlashdi va bosh murabbiylik kursisiga Rudi Garsiyani taklif qildi. Mutaxassis yaqin o'tmishda "Al Nassr"da ishlagani yodingizda bo'lsa ajab emas.


2. "Milan" — 561,25 million evro

"Rossoneri" yangi mavsumdan umidlari ayniqsa katta – ular "CHelsi"dan ikki futbolchi Ruben Loftus-CHik va Kristian Pulishichni Milanga olib kelib ulgurishdi. Salohiyati yuqori, ehtimoliy yangi yulduz Noa Okaforni "Zalcburg"dan, "Vilyarreal"dan Samuel CHukvueze, "Valensiya"dan Yunus Musa va AZ klubidan Tijani Reyndersni o'z tarkiblariga jalb etishdi. Italiya chempionati o'lchovlari bilan gapiradigan bo'lsak, bu tarkibni top-kuchaytirish.


Bu xaridlar malum bir vaziyatda yuz bermasligi ham mumkin edi. "Milan" – bu "Siti", "Real" va hatto "Arsenal" ham emas. Jamoa o'yin atrofida qurilgan tayanch yarim himoyachisi Sandr Tonalisiz qoldi – 23 yoshli italiyalikni "Nyukasl"ga 65 mln evroga sotib yuborishdi. SHuningdek, Ante Rebich ham klubini alishtirishga qaror qildi. Bugun-erta SHarl De Ketelarening transferi ham hal bo'ladigan bo'lib turibdi. Yosh yarim himoyachini "Leypcig", PSV, "Lans" va "Aston Villa" o'z safida ko'rishni istayotgan bo'lsa, A Seriyaning boshqa bir klubi "Atalanta" bu kurashda barchadan oldindaligi aytilmoqda.

Ayni damda Stefano Pioli qo'l ostida narxi bo'yicha A Seriyaning ikkinchi jamoasi bor. SHu o'rinda "Milan"ning zaxira o'ridig'i o'sha "Napoli"dagidan ham yaxshiroqligini takidlash lozim. Qo'shimchasiga, "rossoneri" yangi futbolchilarsiz ham neapolliklarni mag'lub etish usulini ko'rsatib berishdi.


3. "Yuventus" — 494,5 million evro

"Keksa sinora" muxlislari uchun hozir qiyin davrlar o'tmoqda desak, mubolag'a bo'lmas. Hozirga kelib Massimiliano Allegri – jamoani ECHL finaligacha olib borgan kuchli mutaxassis emas. O'tgan mavsum "byankoneri" uchun maydon taqsharisidagi zarbalar tufayli ham yanada qiyin bo'ldi – jamoa ochkolardan maxrum qilindi, keyin yana qaytarib berildi – va yana ularni olib qo'yishdi. Ikkinchi pog'onadan evrokuboklar chegarasigacha tushib ketishdi. Endi esa jamoa Konferenciyalar Ligasiga ham qo'yilmadi.

Boshqa tomondan "Yuve" kuchli va narxi qimmat ijrochilarini saqlab qolmoqda va tarkibga yangilarini olib kelish niyatida. Italiyadan ketgisi kelmayotgan Romelu Lukaku Turinga ko'chib o'tishi haqida mish-mishlar tobora balandroq yangrayapti – "CHelsi"ni rozi qilish uchun Dushan Vlaxovichni qo'yib yuborishga ham tayyorlar. Serbiyalik salohiyatli, yoshroq bo'lsada, top darajada sermahsullik borasida Romeluga yutqazishi aniq. Uyoqda ortiq Franciyada qolishni istamayotgan Donnarumma "Bavariya"ga ketishi mumkin bo'lgan SHHesnini alishtiradigan bo'lib turibdi.

Yozgi transfer oynasi yakunigacha jiddiy yo'qotishlar kutilmayapti. Alamini "ichiga yutib yurgan" Massimiliano Allegri jamoasi yana katta o'yinga qaytishi hech gap emas. Qo'shimchasiga, hozir ko'pchilik ularni favorit sifatida ko'rmayapti.


4. "Inter" — 485,15 million evro

"Neradzurri" tarkibida Romelu Lukaku va Andre Onanani saqlab qolganida – kuchli uchlikda bo'lishardi. Milanliklar belgiyalik markaziy hujumchini to'liq sotib olish borasida uzoq muzokara olib borishdi – jarohatdan keyin ham jamoaga uning katta foydasi tegdi. Aynan "CHelsi" "ko'ngliga yo'l topish" uchun ham "Inter" kamerunlik golkiperini "Manchester Yunayted"ga sotib yubordi.

Natijada bu transferdan 52,5 million evro ishlab olgan italiyaliklar – birinchi raqamini yo'qotib bo'lsada, "aristokrat"lar bilan suhbatga qaytmoqchi edi. Biroq bu orada Romelu "Yuventus" bilan aloqaga chiqib ulgurdi va bundan xabar topgan "Inter" rahbariyatining fikri keskin o'zgardi. "Neradzurri" ortiq belgiyalik bilan hamkorlik qilishni istashmadi – futbolchining murojaatlari ham vaziyatni o'zgartira olmadi.

Jamoa hujum chizig'iga Markus Tyuram, qanotga Xuan Kuadrado keldi – har ikkisi erkin agent sifatida. Yana bir top-transfer– umidli xavbek Davide Frattezi. Endi asosiy tarkibga tortadigan yoshroq kiper topilsa, transfer oynasini muvaffaqiyatli hisoblasak ham bo'ladi.


5. "Atalanta" — 375,75 million evro

TOP-5da "Roma", "Fiorentina" va "Lacio" bo'lishi ham mumkin edi. Ularning barchasi yaxshi mavsum o'tkazdi – rimliklar EL finaligacha, "fialkalar" KL finalida maydonga tushgan bo'lsa, Mauricio Sarri o'yinchilari borasida maqtana olmasa ham A Seriyada ikkinchi o'rinni band etdi.

Biroq bergamolik futbolchilarning narxi umumiy qilib olganda hamon kattaroq. "Atalanta" Xoylundni "Manchester Yunayted"ga sotib yuborgan bo'lsa, Al Bilol Ture jamoaga olib kelindi va hali Lukmanni ham unutmaslik zarur. Jamoa hujumida yosh, salohiyati yuqori futbolchilar doim topiladi.

SHunga qaramay, "Atalanta" tarkibida aynan hozir Evropa grandlari ko'z uza olmayotgan gavhar yo'qki, jamoa tarkibining umumiy narxi keskin pasayishi, raqobatchilari bilan solishtirganda biroz qiyinroq bo'ladi.

Bu vaziyatda birgina muammo Gasperinining o'ta qattiqqo'lligi va yangi iqtidorlarni Bergamo olib kelish qiyin bo'lishini ko'rsatish mumkin. 


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика