So’nggi yangiliklar

00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  85 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

"Inter" taqibchilardan yanada uzoqlashdi: A Seriya 12-tur yakunlari Yangiliklar

"Inter" taqibchilardan yanada uzoqlashdi: A Seriya 12-tur yakunlari

Italiya chempionatida navbatdagi tur o'yinlari ortda qoldi.

"Inter" yana g'alabaga erishganda, "Milan" ham, "Napoli" ham ochko yo'qotdi. Umuman olganda tur chinakamiga qiziq uchrashuvlarga boy bo'ldi. Ulardan bazilari haqida batafsilroq gaplashamiz. 


"Inter" "Frozinone"ni mag'lubiyatga uchratdi

Uchrashuvni faol boshlagan mezbonlar 9-daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi. Acherbi burchakdan uzatilgan to'pni Tyuramga qulay tarzda tashlab berdi, biroq franciyalik biroz ulgurmadi. Keyingi vaziyatda Barella uzatmasidan keyin Lautaro darvoza to'qqizligiga yo'llagan to'pni Stefano Turati qiyinchilik bilan bo'lsada qaytardi. "Inter" o'yinni nazorat qilsada, temp biroz pasayganini sezish qiyin emasdi. Barchani Dimarko jonlantirib yubordi. Himoyachi Turati darvozadan ancha oldinga chiqib ketganini payqay oldi va 40-metrlardan to'pni golkiperning ustidan tashlab qo'ydi. "Frozinone" esa Yan Zommerni deyarli bezovta qilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq Tyuram markazda to'pni egallab oldi va jarima maydonchasigacha o'tib bordi va yiqitildi. CHalxanoglu esa penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi. Bu orqali u Italiya chempionati tarixidagi turkiyalik eng yaxshi to'purarga aylandi. Yo'qotadigan narsasi qolmagan "Frozinone" quvnoqroq o'ynay boshladi va gol urishi ham mumkin edi, Xediraning zarbasi ustunga tegdi. Zommer ham ter to'kishiga to'g'ri keldi. U avvaliga Markiccaning zarbasini qaytardi, keyin esa Ibraximovichning yaqin burchakka yo'llagan zarbasidan keyin jamoani qutqardi. "Inter" ham oradagi farqni oshirishi mumkin edi, lekin hisob ortiq o'zgarmadi. Natijada, "Inter" terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusga etakchi sifatida yo'l oladigan bo'ldi. 


"Empoli" sensacion ravishda Neapoldan g'alaba bilan qaytdi

Kutilganidek, amaldagi chempion o'yinni yorqin boshladi. Berisha 9-daqiqadayoq Politanoning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng, jamoasini goldan qutqardi. Birozdan keyin burchak zarbasidan keyin Angissa bosh bilan zarba berdi, ammo yana Berisha ishonchli o'yin ko'rsatdi. "Empoli" ham imkon topganda hujumga o'tardi. Misol uchun Kancheleri qulay vaziyatdan darvozani nishonga olishda biroz adashdi. Yana bir vaziyatda qanotdan uzatilgan to'pni Ranokkya darvozaga aniq yo'llay olmadi. "Napoli" bo'lim oxirida tempni yana oshirdi, lekin ish golgacha etib bormadi.

Rudi Garsiya o'yinchi alishtirgach, "Napoli" yanada faolroq o'ynay boshladi. Berisha tinim bilmasdi. Ayniqsa Lindstremning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli tus oldi. Ammo albaniyalik darvozabon bu safar ham pand bermadi. Xvichaning yaqin burchak yo'llagan ayyorona  zarbasi oldida ham u ojiz qolmadi. Eng qulay imkoniyat esa nazaraimizda, o'sha Xvichada yuzaga keldi. Kvaracxeliya zarba uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va hech kim unga halaqit qila olmasdi, biroq u yo'llagan to'pga qo'li bilan eta olmagan Berisha oyoqlarini ishga soldi. Oxirgi soniyalarda esa Aurelio Andreaccolining o'zgarishlari ish berdi. Zaxiradan tushgan Ebyuexi to'pni o'ziga o'xshab zaxiradan o'yinga qo'shilgan Kovalenkoga aniq uzatdi va ukrainalik futbolchi mehmonlarga sensacion g'alabani taqdim etdi. "Napoli" esa buyog'iga yangi murabbiy bilan yo'lida davom etadigan bo'ldi.


"Lechche" "Milan" bilan bahsda 2:0ni 2:2ga aylantira oldi

"Milan" o'yinni ancha faol boshlaganiga qaramay, chinakamiga xavfli vaziyat yaratishning imkoni bo'lavermasdi. SHunga qaramay, "rossoneri" birinchi chinakamiga xavfli epizodni golga aylantira olishdi, Teo o'z uslubida qanotdan oldinga o'tib bordi va to'pni jarima maydonchasi tomon yo'lladi, u erda Jiru osonlik bilan darvozani ishg'ol etdi. Ko'p o'tmay, "Milan" yana gol urdi. Jiru ustalik bilan himoyachilarni o'ziga ergashtirdi va Reyders uchun zona ochib berdi, gollandiyalik esa qulay nuqtaga chiqib borib, A Seriyadagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Uning o'zi bir necha daqiqadan keyin hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishi mumkin edi, biroq zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi. "Lechche" esa tanaffusgacha oldinda hech nima o'ylab topa olmadi.

Tanaffusdan esa "Lechche" boshqa jamoa bo'lib qaytdi va yaxshi hujumlar uyushtira boshladi. Oqibatda, Blen burchakdan uzatilgan to'pni Sansonega o'tkadi va Nikola birgina harakat bilan darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi. Biroq mezbonlar bu bilan to'xtamoqchi emasdi. Ikkinchi golda Sansone assistent rolini bajargan bo'lsa, Lamek Banda aylanma zarbasi bilan Menyanga imkon qoldirmadi. "Lechche" g'alabani ham ilib ketishi mumkin edi. Biroq 90+3-daqiqada Jiruga qizil ko'rsatgan Abisso Rosario 4-qo'shib berilgan daqiqada urilgan Roberto Pikkolining golini "VAR" yordamida inobatga olmadi. Qizig'i, har ikki jamoa yakuniy natijadan qoniqish hosil qilmagan bo'lsa ajab emas, ammo — durang. 


Niko Gonsalesning goli "Fiorentina"ga "Bolonya" ustdian g'alaba keltirdi

Mezbonlarning faol starti gol bilan yakunlandi. Nzola to'pni Bonaventuraga uzatdi va yarim himoyachi qulay nuqtadan darvoza to'qqizligini ishg'ol etdi. Goldan keyin o'yin ancha sokinlashib qoldi va penalti belgilanda qayta jonlandi. Standart vaziyatda to'p Kuartraning qo'liga tegdi va hakam nuqtaga ishora qildi. Joshua Zirkzee to'pni markazga yo'llaganida kiper o'zidan o'ng tomonga tashlanib bo'lgandi. Bo'lim oxirida, aniqrog'i qo'shib berilgan 4-dqaiqada "rossoblu" Rikkardo Orsolini mehmonlarni oldinga olib chiqqandi... Biroq takroriy lavhadan keyin vinger ofsayddaligi malum bo'ldi hamda gol bekor qilindi.



Ikkinchi bo'lim avvalida esa penalti endi "Bolonya" darvozasi tomon belgilandi. Zarbani Gonsales amalga oshirdi va to'pni chap pastki burchakka yo'lladi. Etiborlisi, kiper oxirigacha jamoadoshi singari markazga zarba kutgan shekil, joyidan deyarli qimirlamadi. Keyingi penalti "Fiorentina" darvozasiga belgilanishi mumkin edi, biroq takroriy lavhani ko'rgach, hakam Salemakers o'zi yiqilgan deb topdi. So'nggi daqiqalarda "Bolonya" o'yin tempini oshirdi, ammo bu natija bermadi va hisob ortiq o'zgarmadi. "Fiorentina" hisobni ushlab qola oldi va A Seriyada oktyabr oyidan buyon birinchi marta zafar quchdi.

SHuningdek, "Roma" va "Lacio" hisobni ocha bilishmadi, "Udineze" va "Atalanta" murosa ko'chasini tanlashdi hamda "Jenoa" "Verona"ni engdi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика