"Inter Sport" bolakaylari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram bilan tabriklashdi
09 may 2018 18:23
Yangiliklar
"Inter Sport" bolakaylari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram bilan tabriklashdi
Bugun, 9 may - Xotira va qadrlash kuni.
SHu munosabat bilan Toshkentning "Inter Sport" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Yunusobod tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida mehmon bo'lib, mehnat va urush faxriylarini bugungi bayram bilan muborakbod etishdi.
"Inter Sport" rahbari Erkin Saidovning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu tadbirdan faxriylar nihoyatda xursand bo'lishdi. Ularning bir nechta jajji bolajonlarni ko'rib kayfiyati tog'dek ko'tarildi. Keksalar bolalarga o'z ko'rgan-kechirganlarini so'zlab berishdi.
Fikrlar