So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

"Inter" - so'ngi daqiqalar qiroli Yangiliklar

"Inter" - so'ngi daqiqalar qiroli

Gollarining 1/4 ni 86-daqiqadan keyin urishdi

"Inter" va "Napoli" uchrashuvi gollarga boy bo'lmagan bo'lsada, kurashlarga boy, juda qiziqarli kechdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Birinchi daqiqadayoq Ikardi raqib darvozasi to'sinini poyladi

Bu A Seriya va  top-5 tarixidagi eng tez urilgna gol bo'lardi, chunki to'p darvozaga o'yinning 3-soniyasida etib bordi. Italiya chempionatining hozirgi rekordi "Pyachenci" azosi Paolo Pojiga tegishli. 2001 yil ushbu futbolchi "Fiorentina" darvozasini 8-soniyadayoq ishg'ol qilgandi.

Kutilmagan zarba bilan start olgan o'yinning oxirgi daqiqalari ham ajoyib o'tdi. Bir qarashda ilojsiz vaziyatlarda darvozabonlar jamoasi joniga oro kirdi, yana bir vaziyatda "Inter" darvozasiga kirib ketayotgan to'pni himoyachi qaytarishga erishdi, Kulibali hakamni "olqishlagani" uchun arbitr unga ertaroq "dam berib yubordi", keyin esa Lautaro Martines g'alaba to'pini kiritdi.

So'nggi daqiqalarda gol urish bu mavsum "Inter"ning o'ziga xos "fishka"siga aylandi.

• 86-daqiqadan keyin "Inter" 9 ta gol urdi. Jamoa A Seriya va ECHL bahslarida raqiblari darvozasini 36 bor ishg'ol etgan. Yani "neradzurri"lar gollarining  1/4 qismini oxirgi daqiqalarda kiritganlar.

• Ushbu 9 golning 6 tasi o'yin natijasini o'zgartirgan. Faqatgina Politanoning "Kalyari"ga, Joao Mario va Naingollanning "Jenoa" darvozasiga urgan gollari natijaga tasir qilmay, faqatgina tablodagi hisobni o'zgartirgan.

• Agar 86-daqiqadan keyin urilgan shu 9 gol bo'lmaganida, "Inter" ECHL pley-off bosqichidan ancha avval umidini uzgan bo'lardi.

Ichki chempionatda ham ishlar hozirgidek, ishonchli 3-o'rin bo'lmasdi. O'sha gollarni olib qo'ysak jamoa avtomatik ravishda 30 ochko bilan 5-pog'onaga tushib qoladi. Va aksincha "Lacio" (31 ochko bilan) uchinchi, to'rtinchi – "Sampdoriya" (30 ochko, to'plar nisbatiga ko'ra: +12) bo'lar edi.

Yaqin o'tmishda Angliya tomonlarda Fergi-taym degan ibora bo'lardi-a, ana sizga Spaletti-taym!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика