"Inter" SHkrinyar borasidagi taklifni rad etdi
17 iyu 2022 14:07
Yangiliklar
"Inter" SHkrinyar borasidagi taklifni rad etdi
"Inter" PSJning himoyachi Milan SHkrinyar borasidagi taklifiga rad javobini berdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Parij klubi 27 yoshli slovakiyalik uchun 50 million evro to'lashga va bitimga o'z o'yinchisini qo'shishga tayyor edi, ammo rad javobi berildi.
Milan klubi 80 million evrodan kam miqdordagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor emas. Muzokaralar davom etmoqda.
SHkrinyar 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 48ta o'yinda madyonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar