“Inter” Sanches bilan kelishuvga erishdi
18 avg 2019 08:10
Yangiliklar
“Inter” Sanches bilan kelishuvga erishdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Italiya klubi futbolchining agenti va o'zi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Endi milanliklar manikunianliklar bilan ushbu transfer borasida bir qarorga kelishlari talab etiladi.
Ilgariroq chililik futbolchini “Roma” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
O'tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar