"Inter" "Reynjers" futbolchisini kuzatmoqda
21 jan 2020 23:21
Yangiliklar


"Inter" "Reynjers" futbolchisini kuzatmoqda
"Reynjers" hujumchisi Alfredo Morelos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Football Insider" nashri xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi jamoa hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Hozir jamoa rahbariyatining etibori Alfredo Morelosga qaratilgan. Mazkur futbolchining transfer qiymati 20 mln evroga baholanmoqda.
23 yoshli kolumbiyalik futbolchi SHotlandiya chempionatining joriy mavsumida 18 o'yinda maydonga tushib, 12ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar