"Inter" "Real" himoyachisiga shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
31 may 2023, 12:27
Futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Inter" "Real" himoyachisi Nachoga 3 yillik shartnoma taklif etdi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 30 iyunga qadar tuzilgan. Shartnoma hali uzaytirilmagan, shuning uchun ispaniyalik erkin agentga aylanishi mumkin.

33 yoshli fulbek joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Unga "Vilyarreal" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca