"Inter" prezidenti: "G'oyalar va ishtiyoq pulni engishi mumkin"
10 iyu 2023 11:51
Yangiliklar


"Inter" prezidenti: "G'oyalar va ishtiyoq pulni engishi mumkin"
"Rostini aytsam, men buni orzu qilardim. Ligalar o'rtasidagi farqni tushunib, bu maqsadga erishish qiyin bo'lishini bilardim.
Lekin futbol qiziqarli, chunki pul har doim ham g'alaba qozonmaydi. Ularni g'oyalar, ishtiyoq va malaka bilan almashtirish mumkin. Umid qilamizki, ertaga (intervyu kecha berilgan – tahr.) ham shunday bo'ladi.
"Manchester Siti"ni hurmat qilaman. Bu ajoyib jamoa. Biroq bizda ularga qarshilik ko'rsatishga imkon beradigan fazilatlar bor.
CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish qanday bo'lishi haqida ko'p o'yladim. Hatto shunchaki orzu qilish ham imkonsiz bo'lib tuyuldi. Lekin hozir biz finaldamiz va harakat qilamiz.
Biz birlashganmiz. Inzagi aytganidek, bizda qo'rquv yo'q. Jamoamizga ishonamiz", – dedi CHjan.
Eslatib o'tamiz, bugun "Inter" CHempionlar Ligasi finalida "Manchester Siti" bilan o'ynaydi.
Manchester City Rodri - 68' Champions League Final Stage . final-tur 11/06/2023, 01:00
Inter Stadion: Ataturk Olympic Stadium, 71412 tomoshabin Bosh hakam: Szymon Marciniak
O’xshash yangiliklar

Fikrlar