"Inter" o'yinchisi Fransiya chempionatiga o'tishga yaqin

Alisher
12 avg 2019, 12:19
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Mariuga shuningdek "Vilyarreal", "Selta", "Bayer" va "Leyptsig" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Bu klublar futbolchining hozirgi maoshini berishga tayyorlar. Mariuning yillik maoshi 3 million evroni tashkil etadi.

26 yoshli o'yinchi faoliyatini "Sporting"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Joau Mariu 2014 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset