"Inter" - "Napoli" o'yinidan keyin janjal, urush, vafot
27 dek 2018 16:28
Yangiliklar
"Inter" - "Napoli" o'yinidan keyin janjal, urush, vafot
A Seriyaning 18-turi doirasidagi o'yindan keyin "Napoli" muxlislari o'tirgan furgon "Inter" muxlisini urib ketdi.
Avtomobil yo'lida "Napoli" muxlislari o'tirgan furgon "Inter" muxlislari o'tirgan mashina yo'lini to'sishgan va o'sha erda janjal boshlanib ketgan. Oqibatda "Napoli"ning 4 muxlisi oyog'idan jiddiy jarohat olgan.
Furgonning xaydovchisi esa voqea joyidan qochayotganida "Inter"ning 35 yoshli muxlisini urib yuborgan. Uni shifoxonaga olib borishgan va jarrohlik amaliyotini o'tkazishgan. Biroq u o'sha erda vafot etgan.
"Inter" kecha "Napoli"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar