“Inter” Nainggolan borasida bir qarorga kelgan
10 sen 2020 08:59
Yangiliklar
Italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan “Inter”dan ketmaydi. Milanliklar futbolchi transferi borasida “Galatasaroy” bilan hech qanday muzokara olib borayotgani yo'q. Avvalroq turk klubi Rajani ijaraga olishi mumkinligi aytilgandi.
SHuningdek, “Kalyari” prezidenti Tommazo Julini “Inter” 32 yoshli futbolchini o'z safida olib qolishni xohlayotganini malum qilgan. Raja o'tgan mavsumni “Kalyari” safida ijarada o'tkazdi. U o'tgan mavsum A Ceriyaning 26 ta o'yinida qatnashib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
10:55
"Inter Mayami" g'alaba qozondi, Lionel Messi esa ketma-ket to'rtinchi o'yinda dubl qayd etdi 33

Fikrlar