"Inter Mayami"ni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi boshqarishi mumkin
06 jan 2021 22:56
Yangiliklar


"Inter Mayami"ni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi boshqarishi mumkin
Angliya ayollar termasi bosh murabbiyi Fil Nevill ish joyini o'zgartirishi mumkin.
"The Telegraph"ning yozishicha, u "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi Devid Bekxem ochgan "Inter Mayami" bosh murabbiyi bo'lishga yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, ayni damda Angliyadagilar ayollar termasini Olimpiada o'yinlariga tayyorlash uchun murabbiy izlashni boshlab yuborgan.
Oldinroq "Inter Mayami" tarkibiga Leo Messi hamda Luis Suaresni qo'shib olishni niyat qilayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar