"Inter Mayami" prezidenti: "Messi shartnomasiga ko'ra yiliga 50-60 mln dollar ishlab topadi"
02 iyu 2023 19:36
Yangiliklar
"Inter Mayami" prezidenti: "Messi shartnomasiga ko'ra yiliga 50-60 mln dollar ishlab topadi"
AQSH klubi rahbarining malum qilishicha, Messining jamoa bilan shartnomasi anchagina katta summaga tuzilgan.
"Inter Mayami" klubi prezidenti Xorxe Mas Lionel Messining jamoaga kelishi va uning shartnomasidagi moliyaviy ko'rsatkichlarni malum qildi.
"Lionel Messi shartnomasiga ko'ra yiliga 50-60 mln dollar ishlab topadi. Men uni jamoaga olib kelish uchun uch yil sarfladim. Otasi bilan ko'plab suhbatlar bo'ldi.
Bekxem futbolga bog'liq masalalarda Leo bilan suhbatlashdi. Biz Messi bosimni his qilishini istamadik. Barselona, Mayami, Rosario, Doha shaharlarida muzokaralar o'tkazildi.
Butun Jahon chempionatini Qatarda kuzatdim. Argentinani o'yinini tomosha qildim. Apple bilan qilingan shartnoma bu kelishuv amalga oshishida katta ahamiyat kasb etdi", -deydi Xorxe Mas.
Fikrlar