"Inter" Lukaku transferini amalga oshira olmasa, boshqa hujumchiga ko'z tikadi
25 iyu 2023 17:12
Yangiliklar
"Inter" Lukaku transferini amalga oshira olmasa, boshqa hujumchiga ko'z tikadi
Muzokaralardagi muammolar sababli Romelu Lukaku "Inter"ning to'laqonli azosiga aylana olmasligi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "CHelsi" Lukakuning to'laqonli ketishiga rozi bo'lmoqda. O'z navbatida belgiyalik ham "Inter"da o'ynashni istayapti. Unga Saudiya Arabistoni tomonlardan takliflar bo'lgan, ammo London klubiga uni yana bir bor ijaraga berish varianti yoqmayapti.
Agarda "Inter" ushbu hujumchining transferini amalga oshira olmasa, klub "Atletiko" forvardi Alvaro Morataning transferi ishlarini boshlab yuboradi. Morataning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Uning transfer summasi 10 mln evro atrofida baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar