"Inter" "Lill" himoyachisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 10:46
"Neradzurri" Tiagu Jalo bilan shartnoma imzolamoqchi.

Italiyaning "Inter" klubi Fransiyaning "Lill" jamoasi himoyachisi Tiagu Jaloni tarkibiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi Nikolo Skira.

23 yoshli portugaliyalikning hozirgi jamoasi bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va "neradzurri" uni erkin agent sifatida qo'lga kiritish niyatida. Italiya klubi allaqachon Jaloga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan.

Tiagu Jalo ushbu mavsumda jarohati sabab hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira