"Inter" Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
12 avg 2021 20:33
Yangiliklar
"Inter" Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Milanning "Inter" klubi tez orada argentinalik hujumchi Lautaro Martines bilan kelishuvni uzaytiradi, deydi jurnalist-insayder Fabricio Romano
Manbaning xabar berishicha, "Inter" keyingi hafta Lautaro va uning agenti bilan uchrashadi. Italiya klubi futbolchi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzmoqchi.
Martinesning agenti: "U Angliya klublaridan tushayotgan takliflarga qaramasdan, "Inter"dan ketmaydi. U Milanda baxtli va klubni yoqtiradi. Keyingi hafta yangi kelishuv bo'yicha muzokara olib boramiz. Lautaro qolishni xohlamoqda, ko'ramiz".
Fikrlar