"Inter" Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Sherzod Nurmatov
12 avg 2021
Milanning "Inter" klubi tez orada argentinalik hujumchi Lautaro Martines bilan kelishuvni uzaytiradi, deydi jurnalist-insayder Fabricio Romano

Manbaning xabar berishicha, "Inter" keyingi hafta Lautaro va uning agenti bilan uchrashadi. Italiya klubi futbolchi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzmoqchi.

Martinesning agenti: "U Angliya klublaridan tushayotgan takliflarga qaramasdan, "Inter"dan kyetmaydi. U Milanda baxtli va klubni yoqtiradi. Keyingi hafta yangi kelishuv bo'yicha muzokara olib boramiz. Lautaro qolishni xohlamoqda, ko'ramiz".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano