"Inter" Ikardi o'rniga hujumchi topib qo'ydi
22 apr 2019 15:40
Yangiliklar


"Inter" Ikardi o'rniga hujumchi topib qo'ydi
"Inter" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan hujumchi Mauro Ikardi o'rniga "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuni olib kelmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, Milan klubidagilar argentinalik futbolchini sotishga va Lukakuni jamoaning yangi markaziy hujumchisiga aylantirishga qaror qilishdi.
"Inter" belgiyalik uchun kamida 50 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi. Lukaku Italiya klubidan yillik maoshi 10 mln. evro bo'lgan bitim talab qiladi.
Joriy mavsum Lukaku MYU safida 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar