"Inter" Eron terma jamoasi azosiga etibor qaratdi
08 fev 19:05
Yangiliklar
"Inter" "Portu" hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano "qora-ko'klar"ning sport direktori Pero Auzilioga tayanib xabar berdi.
"Neradzurri" futbolchini tekinga olmoqchi. 31 yoshli hujumchining "Portu" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.
Oldinroq "Inter" "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski bilan kelishuvga erishishga yaqinligi malum bo'lgan edi.
Fikrlar