"Inter" Dumfris uchun 12 million taklif qildi
12 avg 2021 12:20
Yangiliklar
"Inter" Dumfris uchun 12 million taklif qildi
"Inter" klubi "Pari Sen-Jermen"ga ketgan Ashraf Xakimining o'rniga himoyachi qidirmoqda.
Fabricio Romano malumotiga ko'ra, "neradzurrilar" PSVga Denzel Dumfris bo'yicha taklif yuborgan. Ayni paytda muzokara davom etmoqda. Denzel — "Inter"ning asosiy nishoni.
Dumfris 2018 yildan buyon PSV sharafini himoya qilib kelmoqda, unga qadar "Xerenven" va "Sparta" safida to'p tepgan.
Yozgi Dumfris Niderlandiya terma jamoasi safida Evropa chempionatida yorqin o'yin namoyish etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar