"Inter" Barellani qo'yib yubormoqchi emas

Mirjalol Normatov
22 fev 2021, 23:30
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoadan kyetmaydi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, milanliklar rahbariyati Barella borasidagi takliflarni o'ylab ham ko'rmaydi. U uzoq vaqt "Inter" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

24 yoshli futbolchi jamoaning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U ushbu mavsum "Inter" tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 3 gol va 9 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal