"Inter" Aleksisning jarohati sabab Rossiya chempionatidagi hujumchiga qiziqib qoldi
17 okt 2019 18:45
Yangiliklar


"Inter" Aleksisning jarohati sabab Rossiya chempionatidagi hujumchiga qiziqib qoldi
"Zenit" hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Italiya klubi rahbariyati Aleksis Sanchesning jarohati tufayli hujumni kuchaytirish uchun yangi futbolchi qidirmoqda.
Klub aynan Rossiya terma jamoasi forvardiga qiziqib qolgan. Dzyubaning Piter klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Forvard joriy mavsum RPLda 12ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assistga erishgan.
Milanliklar shuningdek Olive Jiru va Mario Manjukichlarning nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar