Instat "Paxtakor" futbolchilariga "Sepaxon" bilan o'yin uchun necha ball berdi?
08 apr 2022 10:25
Yangiliklar


Instat "Paxtakor" futbolchilariga "Sepaxon" bilan o'yin uchun necha ball berdi?
Unda O'zbekiston chempioni birinchi taymda oldinga borishiga qaramay, yakunda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Instat portaliga ko'ra kechagi bahsda "Paxtakor" safida eng ko'p ballni Hojiakbar Alijonov va Ikrom Aliboev olgan - 214. Sardor Sobirxo'jaev 213 ballga ega. Eng kam ochko zaxiradan tushgan Mirjahon Mirahmadovga berilgan - 157. Maydonda 7 daqiqa harakat qilgan Diyor Xolmatovga ball berilmagan. Farruh Sayfiev va Sardor Rashidov ham kam ochko olganlar orasida bor.
Instat bo'yicha "Paxtakor" futbolchilariga qo'yilgan ballar:
Hojiakbar Alijonov - 214
Ikromjon Aliboev - 214
Sardor Sobirxo'jaev - 213
Odiljon Hamrobekov - 207
Hojimat Erkinov - 205
Dragan CHeran - 205
Eldorbek Suyunov - 196
Aleksey Larin - 187
Azizbek Turg'unboev - 185
Kamen Xadjiev - 181
Sardor Rashidov - 176
Farruh Sayfiev - 167
Mirjahon Mirahmadov - 157
Diyor Xolmatov - ball berilmagan.
Malumot uchun, Instat mazkur uchrashuvdagi eng ko'p ballni "Sepaxon" hujumchisi SHahriyor Mug'anluga bergan - 257.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar