InStat. "Liverpul" va "Manchester Siti"ga oid qiziqarli statistik ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
5 apr 2018, 13:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "Liverpul" bilan o'yinda o'tkir uzatma (xavfli vaziyat hosil qiluvchi pas) bo'yicha mavsumda shaxsiy antirekordini o'rnatdi.

Belgiyalikning 8ta shunday uzatmasidan bittasi (13%) jamoadoshigacha yetib bordi. "Liverpul"gacha uning Chempionlar ligasi bitta bahsidagi o'rtacha o'tkir uzatmalari 45% edi, Angliya chempionatida esa - 54%.

"Manchester Siti" "Liverpul" bilan o'yinda raqib darvozasiga birorta aniq zarba bera olmadi, bu Xosep Gvardiola qo'l ostidagi "shaharliklar"da ilk marta sodir bo'ldi. Joriy mavsum Chempionlar ligasida Gvardiola klubi o'rtacha har o'yinda 5,6ta zarba, Angliya chempionatida esa 7,2ta zarba bermoqda.

"Liverpul" ushbu Chempionlar ligasida o'rtacha mahsuldorlik bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Inglizlar har bir o'yinda o'rtacha 3,44ta gol uryapti. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rin PSJga (3,38), uchinchi o'rin esa "Real"ga (2,78) tegishli.

"Manchester Siti"ga qarshi bahsda golli pas bergan "Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner joriy mavsuch CHLda assistentlik bo'yicha yetakchi bo'lib turibdi. Milner hisobida 7ta golli pas bor. Ikkinchi o'rinni Roberto Firmino, Kevin De Bryuyne va Dele Alli bo'lishib turibdi - ularning hammasi 4tadan golga assistentlik qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: InStat