Insinening agenti: Lorenco faoliyatini "Napoli"da yakunlaydimi? Xotinidan so'rang
22 fev 2021 20:22
Yangiliklar


Insinening agenti: Lorenco faoliyatini "Napoli"da yakunlaydimi? Xotinidan so'rang
"Napoli" sardori Lorenco Insinening agenti Vinchenco Pisakane futbolchining shartnomasi bilan bog'liq holat haqida gapirdi:
"SHartnomani uzaytirish haqida gapirish uchun hali erta. Bundan Lorenco ham, "Napoli" ham foyda qilmaydi. Mavsum yakunlansin, "Napoli"ning natijasi va maqsadlaridan boxabar bo'laylik. SHoshishga hojat yo'q, amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Insine faoliyatini "Napoli"da tugatishni orzu qiladimi? Bilmayman, ayolidan so'rang. Men Lorenco bilan uxlamayman va u nimalarni orzu qilishini bilmayman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar