Insine Italiya terma jamoasi qarorgohidan ketdi

3 sen 2019, 19:20
"Napoli" forvardi Lorenco Insine Italiya terma jamoasi istiqomat qilayotgan makonni erta tark etdi.

28 yoshli o'yinchi "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi va bu Lorencoga terma jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishga halaqit qilgan ko'rinadi. 

Uning o'rniga Italiya terma jamoasi libosini "Frayburg" vingeri Vinchenco Grifo kiyadigan bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, Italiya 5 sentyabr kuni Armeniya, 8 sentyabrda esa Finlyandiyaga qarshi Evro-2020 saralash o'yinlarini o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net