So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Inqirozdan keyingi inqiroz: Pandemiyadan so'ng futbolni nima kutib turibdi? Yangiliklar

Inqirozdan keyingi inqiroz: Pandemiyadan so'ng futbolni nima kutib turibdi?

Hammaga qiyin bo'ladi.

Bir qarashda muammo aniqdek. Pullar. Futbol olamida pulsiz biror ish qilish qiyin va har bir katta liga telekanallar bilan tuzgan ko'pmillionlik shartnomasi bilan maqtana oladi. Klublar, yulduzlar, direktor va agentlar - hammasi joyida bo'lsa, ularning barchasi pulga ko'miladi.

Angliya Premer-ligasida juda katta pul aylangani tufayli, ko'pchilik ushbu mablag'larga bog'lanib qolgan. Ammo kutilmaganda inqiroz sodir bo'ldi va pullar oqimi to'xtadi. Majburiy tanaffus elon qilinganiga bir necha hafta bo'ldi va "Barselona" futbolchilari maoshi 70%ga kamayishiga rozi bo'lganidan so'ng ancha vaqt o'tdi. "Yuventus"dagilar o'z xohishi bilan maoshidan voz kechayotgan bir paytda, Angliyadagi futbolchilar biror narsani o'zgartirish haqida o'ylashmayapti.

Professional futbolchilar associaciyasi APL, futbol ligasi va Futbo Associaciyasi bilan haftalab muzokaralar o'tkazmoqda. Ularning maqsadi - bir qarorga kelish. APLdagilar hamma alohida emas, birgalikda qaror qabul qilishini istamoqda.


Ushbu voqealar fonida AQSH, Evropa va Buyuk Britaniyadagi minglab odamlar inqirozdan chiqib olish uchun hukumatdan yordam so'radi. APLning to'rt klubi o'z xodimlarini haq to'lanmaydigan tatilga chiqardi. Bu qahramonlar quyidagilar: "Norvich Siti", "Nyukasl Yunayted", "Bornmut" va "Tottenxem". Ularning ortidan "Liverpul" ham shu ishga qo'l o'rdi va bu butun dunyo muxlislarining noroziligiga sabab bo'ldi. Hukumat iqtisodiyot bo'yicha qatiy choralarga imkon bergan paytda "qizillar"ning bu qaroridan ko'pchilik hayron bo'lmadi.

Ammo qolgani yanada yomon. Millarderlarning o'yinchoq jamoalari maydonga tushishdan, telekanallar esa ularni ko'rsatishdan to'xtaganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Angliya telekanallari hozircha to'lovlardan bo'yin tovlayotgani yo'q, biroq Franciyadagi ikki telekanal pul to'lashni to'xtatdi.


CHetdan qarasangiz telekanallar yaxshi ish qilmagandek. Biz doimo barcha muammolarda osongina futbolchilarni ayblaymiz. Ayni damda Evropaning ko'plab siyosatchilari shu ishga qo'l urmoqda. Professional futbol paydo bo'lganidan beri o'yinchilarni ochko'zlikda ayblashadi. Gap aslida pulda emas, ishonch yo'qligida.


Futbolchilar o'z klublariga ishonishmaydi, klublar esa agentlar va futbolchilarga. Klublar boshqa jamoalarga ishonmagani tufayli APL birgalikda qaror qabul qilishni xohlamoqda. CHunki hatto yaxshi paytlarda ham jamoalar bir-biriga dushman. Ular doimo foydada bo'lishni xohlaydi. Hatto pul yo'q paytida ham boshqalar evaziga obro'ni oshirishni o'ylaydi. Bundaylar bilan qanday qilib birgalikda qaror qabul qilish mumkin?


Klublarga ishonch bo'lmaganidan keyin FIFAga ham ishonishmaydi. Tashkilot katta qiyinchiliklarga uchrayotganlarga pul ajratmoqchi.


UEFAda vaziyat FIFAnikidan yaxshi emas. Bu erda ham ishonch yo'q. Vaziyat og'irligida hamma o'zi uchun bo'lib qoladi. Ammo UEFAdagi yagona ijobiy holat Germaniyada kuzatilmoqda. Klub va futbolchilar boshqalarga yordam berish uchun maoshi va daromadini xayriya fondlariga o'tkazib bermoqda.


Xulosa sifatida shunay aytish mumkinki, er yuzidagi eng mashhur sport turi - futbolning obro'siga katta zarar etdi. Angliyadagi "Milliy o'yin" yaxshilik so'zi bilan birga qo'llanilmasligini bilib oldik. Ha, xayriya ishlari bo'ldi, ammo siz sevgan jamoalar ularni boy qilganlarga kam etibor berishini bilib oldik.


Bu koronavirus bilan yo'q bo'lmaydi. Hamma klublar ham foydada emas, butun futbol iqtisodi esa biz o'ylaganimizdanda mo'rt ekan. Klublar katta zarar ko'rishi mumkin, bu esa futbol bozorida jiddiy o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Masalan, futbolchilar narxi, ular va agentlarga to'lanadigan maosh va bonuslar. Klublar kamroq harjlab, ko'proq sotishga urinishadi.


Futbolchilar endi har hafta yangi "Bentli" xarid qila olmaydi. Ko'pchilik maoshlari kamayishiga rozi bo'lishiga to'g'ri keladi.


Ammo bu dunyoda hech kim bir-biriga ishonmasligini unutmasligimiz kerak. Futbolchilar klub uchun maoshidan voz kechmaydi, klublar esa futbolchilar uchun pulidan. Bu ikkinchi inqiroz va u koronavirusdan keyin paydo bo'ladi.


2020 yilning marti futbol oltin davrining so'nggi oyi bo'ldi deyish mumkin. Futbol 25 yil davomida er yuzidagi eng mashhur shou bo'ldi. Hammasi yaxshiligida ishonch, vijdon haqida gapirishmadi. Qiyinchilikda hammasi oydinlashadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика