So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  2 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Inqilob (O.A. blogi) Yangiliklar

Inqilob (O.A. blogi)

“Inter” klubining “Yuventus” kadastr qilib olgan titulni to'qqiz yil deganda tortib olganiga qanchalik xursand bo'lgan bo'lsam, “Atletiko”ning biroz ilgari La Ligada faqatgina ikkita qirol mavjud emasligini isbotlaganiga yana bir bor shlyapamni musaffo osmonimiz tomon irg'itdim.

Bu fikrlarim bilan “Yuventus” yoki “Real”ning kushandasi emasman, ushbu klublarni baholashni so'rasangiz, panjalarimni baralla ochib baho beraman; agar “Barselona” chempion bo'lganda ham bayram qilmasdim. Aytmoqchi bo'lganim, bu klublar katta inqilobni amalga oshirishdi, chempionat atmosferasiga yangi shabboda olib kirishdi. Meni mana shu narsa quvontirdi. 

Etibor bergan bo'lsangiz, ushbu mavsum inqiloblarga boy bo'lmoqda. Portugaliyada “Sporting” 19 yil deganda shohsupaga kutarildi, ungacha “Portu” va “Benfika” chempionat kubogini “Bor tovog'im, kel tovog'im” qilishayotgandi. “Inter” esa Turin qalasini bunyod etishda o'z hissasini qo'shgan Konte boshchiligida o'zi qurgan devorni ag'anatdi. “Matraschilar” so'nggi o'n yillikda dovrug' qozondi, garchand 2013/14 yilgi mavsum chempionlik kubogini boshlari uzra yuqori kutarishgan bo'lsa-da, bugungi titulgacha o'sha vaqtda endi tug'ilgan go'dak maktab yoshiga etib ulgurdi. Navbatdagi umidim “Lill” klubidan bo'lib turibdi. Umid qilamanki, Kristof Galte shogirdlari futbolda har doim ham “limon”lar rol o'ynamasligini isbotlaydi. 

Bu kabi inqiloblardan boshqa chempionatlarda ham bir nechtasini sanab o'tish mumkindir, afsuski, barchasini qidirgani internet titkilashga erindim. Ko'zga ko'ringan chempionatlardan faqatgina “Bavariya” qo'rg'oni chang o'tmas darajada zirhlangan. Menimcha, ularning o'zlariyam necha marta g'oliblikni kiritganini sanab berolmasa kerak. SHu o'rinda milliy chempionatimizchi, degan savol ham ko'z oldimizdan o'tishi, shubhasiz. Qaysi klubning belbog'i baquvvat bo'lsa, turnaqator mavsumlarda o'sha jamoaning chempion bo'lishini oldindan bashorat qiladigan bo'lganmiz. Ushbu mavsumda ham bazilar mavsum boshidayoq chempionlarini aniqlab qo'yishgan bo'lsa, ajablanmayman. Mavsum yakunigacha hali qovun pishig'i bor, shu bois bu borada folbinlik qila olmayman. Lekin istardimki, “Nasaf”, “AGMK” kabi klublar ham chempionlik zavqini totib ko'rishsa. Yuqorida takidlaganimdek, bu bilan biror jamoaga muxlis yoki qarshi emasman, shunchaki bu kabi inqiloblar ko'pincha rivojlanish uchun xizmat qiladi. Inqilob egalarining ruhiyati tog'dek ko'tariladi, shuningdek, ular kubokni keyingi mavsum ham begona qilmaslikka harakat qilishadi, yiqilgan gegemon esa yana o'zi qumsaydigan taxt sari talpinadi. Qolgan klublar ham mo'jiza sodir bo'lishiga ishonishadi. Natijada, raqobatdoshlik hamda tomoshaboplik darajasi yuqorilaydi. Garchand tarixdagi siyosiy inqiloblarning barchasi ham rivojlanishga xizmat qilmagan bo'lsa-da, futbolda uning aksi deb o'ylayman, albatta, natija jihatdan. SHu kunlarda kutayotgan eng katta inqiloblarimdan biri esa tojdor virus balosidan butkul qutilib, dunyoning barcha stadion eshiklari muxlislar uchun ochilishini kuzatish bo'lib turibdi.

Oqil Abdubarnoev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика