Inomov bilan Hasanov ham Vetnamga bormaydigan bo'ldi
12 noy 2013 11:21
Yangiliklar

Inomov bilan Hasanov ham Vetnamga bormaydigan bo'ldi
Milliy terma jamoamizning yaqin orada ikkita muhim o'yin kutib turibdi.
Ammo bir qator nomzod futbolchilar jarohat tufayli tarkibdan chetda qolmoqda. Bu yil Qozog'iston chempioni bo'lgan Temur Kapedzeni kecha Vetnamga bora olmasligi haqida xabar bergandik.
Bugun O'FF rasmiy tvitterining xabar berishicha yana bir nechta o'yinchilarimiz safdan chiqishgan. Bular "Lokomotiv" (Toshkent) himoyachisi Islom Inomov hamda Bunyodkor bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan Jasur Hasanovdir.
"Bunyodkor"dagi Jasur Hasanov belidan, "Aktobe" azosi Temur Kapadze sonidan jarohat olgan. "Lokomotiv"dagi Islom Inomov shamollab qolgan deya izoh berib o'tadi O'FF rasmiy tvitteri.
Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"dan yarim himoyachi Dilshod Jo'raevni tarkibga jalb etgan.

Fikrlar