Infantino ayblovlarga javob berdi
08 noy 2018 13:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461647_original.jpg)
![](/upload/storage/461647_220.jpg)
Infantino ayblovlarga javob berdi
FIFA prezidenti Janni Infantino PSJ va "Manchester Siti"ga moliyaviy feyr-pley jazosidan qutilib qolishga yordam bergani borasidagi ayblovlarga javob berdi.
"Men FIFA prezidentiman, avval UEFA bosh kotibi bo'lganman. Maqsadim doimo klublarga yordam berish bo'lgan, ularni yo'q qilish emas. Barqarorlikni tiklash uchun PSJ, "Manchester Siti" va boshqa klublar bilan uchrashdim, ammo yakuniy qarorni qo'mita qabul qiladi, men emas.
Vaziyatni o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lganim yo'q. Bundan tashqari, "Siti" va PSJ 20 mln evro jarimaga tortildi. Jazolangan faqat ular emas. 30ta klubning 2tasi diskvalifikaciya qilindi: "Milan"ga chiqarilgan qaror arbitraj sudi bilan bekor qilindi. Odamlar favoritizm haqida gapirishsa, nohaq bo'lishadi: O'rtamiyona klublar qarzlarini va futbolchilarga maosh to'lamaganligi uchun jazolanishadi, bu esa jiddiyroq qoidabuzarlik" - deydi Infantino.
O’xshash yangiliklar
14:49
Franciya hujumchisi: "Argentinaliklar bayramimizni buzmoqchi edi, ammo u yanada yaxshiroq bo'ldi" 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar