Infantino ASEAN Kubogini taqdim etdi
27 okt 19:49
Yangiliklar
Infantino ASEAN Kubogini taqdim etdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun yangi futbol turniri - ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo millatlari associaciyasi) Kubogi tashkil etilganini malum qildi.
"ASEAN Kubogi orqali biz mamlakatlarni birlashtirmoqdamiz va bu turnir katta muvaffaqiyatga erishadi. Bu ASEAN mintaqasida milliy futbol jamoalarining mavqeini mustahkamlashga va Janubi-Sharqiy Osiyo bo'ylab sportimizning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi", – dedi Infantino Malayziyada bo'lib o'tgan taqdimotda.

Musobaqa formati mamlakatlar vakillari bilan muzokaralar orqali aniqlab olinadi.
Janubi-Sharqiy Osiyoda allaqachon ikki yilda bir marta o'tkaziladigan ASEAN chempionati o'tkazib kelinadi. Amaldagi chempion 2024 yilgi finalda Tailandni mag'lub etgan Vetnamdir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar