Infantino ASEAN Kubogini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
27 okt 2025
FIFA prezidenti Janni Infantino Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun yangi futbol turniri - ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo millatlari associaciyasi) Kubogi tashkil etilganini ma'lum qildi.

"ASEAN Kubogi orqali biz mamlakatlarni birlashtirmoqdamiz va bu turnir katta muvaffaqiyatga erishadi. Bu ASEAN mintaqasida milliy futbol jamoalarining mavqeini mustahkamlashga va Janubi-Sharqiy Osiyo bo'ylab sportimizning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi", – dedi Infantino Malayziyada bo'lib o'tgan taqdimotda.

Musobaqa formati mamlakatlar vakillari bilan muzokaralar orqali aniqlab olinadi.

Janubi-Sharqiy Osiyoda allaqachon ikki yilda bir marta o'tkaziladigan ASEAN chempionati o'tkazib kelinadi. Amaldagi chempion 2024 yilgi finalda Tailandni mag'lub etgan Vetnamdir.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AP News