Inesta LaLigada 400 ta o'yin o'tkazdi
20 fev 2017 10:55
Yangiliklar
Inesta LaLigada 400 ta o'yin o'tkazdi
"Barselona" hamda "Leganes" o'rtasidagi LaLiganing 23-tur uchrashuvi (2:1) Kataloniya klubi yarim himoyachisi Andres Inesta uchun o'zgacha ahamiyat kasb etdi.
Inesta 80-daqiqada Andre Gomesh o'rniga maydonga tushdi va "Barselona" tarkibida LaLigadagi 400-uchrashuvini o'tkazdi.

"Barselona" safida Ispaniya chempionati o'yinlarida maydonga tushish bo'yicha Xavi etakchi hisoblanadi. Uning hisobida 505 ta bahs bor. Keyingi o'rinlarni Inesta (400 ta) va Puyol egallab turishibdi (392 ta).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar