Indoneziyalik jurnalist: "Agar Indoneziya birinchi bo'lib gol ursa, g'alaba qozonadi"
29 apr 16:47
Yangiliklar
Indoneziyalik jurnalist: "Agar Indoneziya birinchi bo'lib gol ursa, g'alaba qozonadi"
"O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo o'yinlaridan beri kuzatib kelaman. Osiyo o'yinlar keyin ham terma jamoangiz ancha katta o'sishga erishibdi. Jamoangizdagi balans va iqtidorli futbolchilarning qorishmasi O'zbekistonni qitadagi eng kuchli jamoalardan biri qiladi. Indoneziya va O'zbekiston terma jamoalarini ayni damda Osiyoda eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar deb o'ylayman. O'tgan yili terma jamoangiz U20 jahon chempionatida ishtirok etdi. Abzac Bugungi bahs ikki jamoa uchun xam oson kechmasligi aniq. Ochiq futbol ko'ramiz deb o'ylayman. Ikki jamoa ham ertaroq gol urib olishga harakat qiladi. Imkoniyatlar 50/50 deb o'ylayman. 70-daqiqalargacha qaysidir jamoa hisobda oldinga chiqib olmasa, penaltilar seriyasini tomosha qilamiz. Agar Indoneziya birinchi bo'lib gol ursa, g'alaba qozonadi",- deydi Indonezilyaik sport jurnalisti Iksan Mahar.
Abdulvosit Bektemirov yozib oldi
Fikrlar