So’nggi yangiliklar

08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  0 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  0 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  1 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  2 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  1 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2 23:20Гўзалликни қадрлайдиганлар учун! ЖЧ-2030 финали учун барпо қилинадиган стадионни кўрдингизми?  5 22:51Максим Шацких ёрилди: "Бу томорқада қандай қилиб футбол ўйнаш мумкин, билмайман"  52 22:22Хамес янги жамоаси билан шартнома имзолаш учун Мадридга учиб борди  2 21:59Февзи Давлетов: "Пахтакор" билан ўйин учун футболчиларни руҳан тайёрлаш шарт эмас"  14 21:19Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1  12

Individual mahorat effekti - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

Individual mahorat effekti - SHahboz Beg'amov

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvi tahlilini etiboringizga havola etadi.

Ikkita himoyadan o'yin quruvchi jamoalar ishtirokidagi bahsning dastlabki daqiqalari ancha sokin boshlandi. Ummon nisbatan ko'proq hujumga o'tishga intildi va buni ilk daqiqalarda yaxshi uddaladi.

Asosan qarshi hujumni xush ko'ruvchi Ummon to'pni bizga topshirib, ikki qavatli himoya tashkil etgan holda raqibni o'z jarima maydonida kutib olishni maqul ko'rdi. Garchi to'p asosan bizda bo'lsada, jamoamiz pozicion hujumni tashkil etishda anchagina muammolarga duch kelayotgani ko'rinib turibdi. Hujumlarimizga joziba ko'shib, keskinlik taqdim etishi lozim bo'lgan Javohir Sidiqov katta o'yinda hayajonlandimi yoki boshqa sababmi, uchrashuv fonida yo'qolib qoldi. Markaziy hujumimizdagi yagona nominal "snayperimiz" Marat Bikmaev ham uchrashuvni deyarli to'psiz o'tkazdi.

Ummon birinchi bo'limda o'z darvozasi oldida ortiqcha xavfga duch kelmadi. Aksincha, Nesterov qo'riqlayotgan darvoza oldida ikkita juda qulay imkoniyatga duch keldi. Biroq nafaqat o'zbek futbolida, balki Osiyo Kubogi tarixidagi afsonaviy darvozabonga aylangan Nesterov o'z rekordini qahramonlarcha rasmiylashtirdi.

Pozicion hujumga o'tishdagi muammolar, qanot orqali kerakli darajada xavf sololmayotgan pallamizda uchrashuvning 34-daqiqasida jarima zarbasi jonimizga oro kirdi. Bu vaqtga qadar darvoza tomon birorta zarba bera olmagan terma jamoamizning ilk nishoni golga aylandi. Ahmedovning mahorati tufayli "SHarja" stadionida tablo bizning foydamizga o'zgardi - 1:0.

Goldan so'ng Ummon endi qarshi hujum o'ljasini pozicionga almashtirishga majbur bo'ldi. Buning natijasida biz ham himoyada yanada ko'proq vaqt sarflashimizga to'g'ri keldi. Tanaffusga qadar Osiyo Kubogi rekordchisi Nesterov mardonavor seyv amalga oshirdi. Ignatiy Ummonni tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olishiga rozi bo'lmadi.

Ikkinchi taymda Ummon hujumkor ruhda, biz esa natija va murabbiy uslubidan kelib chiqqan holda odatiy himoyaviy o'yinni davom ettirdik. Ummonning hujumlari asosan qanotlar orqali keskin tus oldi. Raqib bizdan jismoniy jihatdan va yakka kurashlarda ustunlik qildi. Lekin kecha Xayrulla Xoliqov takidlab o'tganidek, Ummonning kuchsiz tarafi - vaziyatlarni golga aylantirishdagi muammo bizning foydamizga ishladi. Qator urinishlar, o'yindagi ustunlikni hisobda aks ettirish ularga nasib etmadi. Boshqacha aytsak, biznikilar ularga bu ishni amalga oshirishlariga to'sqinlik qilishdi. Biroq uchrashuvning 78-daqiqasida Muhsin Al Gassani mudofaamiz takibidan qochib ketib o'z niyatiga erishdi - 1:1.

SHundan so'ng terma jamoamiz qayta uyg'ondi. Kuper zaxira kuchidan foydalanishda negadir boshlang'ich tarkibga kiritilmagan SHomurodov variantni tanladi. Bu o'zgarishdan keyin Eldor ustozini uyaltirib qo'ymadi. Balki yaxshi manoda uyaltirib, nega zaxiraga qoldirgani uchun Kuperga savol tug'dirgan bo'lishi mumkin.

Kuper uchrashuvdan keyin birinchi bo'limda Ummondan yaxshi o'ynaganini, ikkinchi taymda esa raqib o'yinini kuchaytirganini alohida takidladi. Lekin birinchi bo'limda ham, ikkinchi taymda o'yin nazorati to'liqligicha Ummon tarafida bo'ldi nazarimda. Kuper hisob va natijadan kelib chiqib shunday fikrga kelgandek tuyuldi. Va u haq aslida. CHunki g'oliblar muhokama qilinmaydi, degan gap bor.

Bizning ustunligimiz taminlagan jihat sanoqli vaziyatlarni golga aylantirganimiz. Yani Ummonga etishmagan jihat shu kuni bizda kuzatildi.


Pim Verbek ham zaxirada adashmadi. U tushirgan futbolchi hisobni tenglashtirdi. Kuper esa javoban SHomurodovni tushirdi va bu o'zgarish ham ish berdi. Ammo bizning futbolchilarimizning individual mahorati shu kuni g'alabamizni mustahkamladi.

Natija alo. CHo'ntakda maksimal 3 ochko mavjud. Lekin o'yin, ayniqsa to'p nazorati va pozicion hujumga o'tishdagi muammolarni tuzatish lozim. Osiyo Kubogi endi boshlandi. Terma jamoamiz ko'p ham hujumga o'tmagani bois hujumdagi bog'lamlar, kombinacion o'yin kutilgan darajada ijro etilmayapti. Turkmanistonga qarshi o'yinda aynan shu muammoli tarafni jiddiy tekshiruvdan o'tkazib olish zarur.

Egor Krimecning qizil kartochkasiga to'xtaladigan bo'lsam, himoyachi raqibni quvib etish imkoniyatiga ega bo'lmagani bois ham ongli ravishda taktik folga qo'l urdi. To'g'ri, Krimec uchun guruh bosqichi tugadi. Lekin umid qilamizki, himoyachimiz hali pley-off o'yinlarida bizga as qotadi. Yani, Krimecning o'sha vaziyatdagi qarori o'zi uchun ziyonga, ammo jamoa manfaatiga ishladi.


Nesterovning qahramonligi, terma jamoamizdagi ikki legionerlarimizning - Ahmedov va SHomurodovning mahorati bizga samara keltirdi.

Terma jamoamiz o'yinida Kuperning imzosi yo'q, degan fikrga qo'shilmayman. Aynan chuqur himoya orqali o'yinni qurayotganimiz janob murabbiyning uslubiga monand imzo aslida. Ammo bu imzo qaysi raqiblar bilan ko'proq qo'l keladi va qanchalik naf keltirishi bahsli masala. Menimcha, bugungi bahsda murabbiylar shtabi jamoamizning to'liq potencialidan foydalana olmadi.

Muhimi, musobaqa terma jamoamiz uchun omadli boshlandi. Buyog'iga qiyin va jiddiy o'yinlar bizni kutmoqda. SHu boisdan ham har doim futbolchilarimizning individual mahoratiga emas, jamoaviy o'yinimizga tayanib o'ynashimiz lozim. Kuper esa bu o'yinni juda qisqa vaqt ichida takomillashtirib, o'yindan-o'yinga qo'shib borishi kerak.

Bugungi g'alaba va o'yin oxiridagi xarakter uchun butun MTJga rahmat! Aynan xarakter va natija bizni quvontirdi.


SHahboz Beg'amov

SHarja, 9 yanvar

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика