So’nggi yangiliklar

08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  15 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1

Incheondan yozamiz. 9-kun kundaligi. Futboldan tennisga Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 9-kun kundaligi. Futboldan tennisga

O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini o'tkazmaydigan kunlari boshqa sport turlariga tashrif buyurishga vaqt bo'ladi.
Bir kun avval Anvar aka bilan kelishib olgandik. Men tennisga, ular sport gimnastikasiga borishlari lozim edi. Buning uchun media markazda siz uchun barcha sport arenalariga borish imkoniyati bor.  Avtobuslar vaqtini vaqtiga to'g'irlab yuradi. Birontasi na kechikadi, na avval yuradi. Bir daqiqa kech qolganliklari uchun ustozim gimnastikaga bora olmadilar. SHunda ikkimiz tennisga borishga qaror qildik. SHu bilan men ilk marotaba tennisni suratga tushiradigan bo'ldim.

Bir erda o'tirib ijod qilishga vaqt yo'q. Eb-ichishingiz ham shu tarzda, hammasi yo'l-yo'lakay. Kechagi kundalikni ham tennis kortiga ketayotib yozgandim. Buni qarangki, mazkur kundalik ham ayni paytda tennis yo'lida yozilyapti. Kortga kirib borganimizda Do'stov birinchi setni o'ynayotgan edi. Tennisni suratga tushirish futbolga nisbatan ancha qiyin. Bizda fotojurnalistika rivojlanmagani uchun ko'pchilik asl surat qanday bo'lishini bilmaydi. Evropa saytlariga kirib etibor bering, futbolchilar to'p bilan muomala qilayotgan yoki unga kurashayotgan bo'ladi va suratda to'pning rasmi bo'ladi. Futbolda to'p bilan tutish osonroq. Ammo tennisda to'p juda katta tezlikda uchishi, hattoki soniya ketmaydigan vaqt ichida tennischining zarbasini tutish juda qiyin. Futbol o'yinlarini bir nechta tezlik rejimini tanlagan holda suratga tushirasiz. Tennisda esa bunday qilib bo'lmaydi. Sababi, kortda jimlikni saqlash lozim. Bitta imkoniyatdan unumli foydalanishingiz kerak.

Do'stov birinchi setda biroz qiynaldi, ikkinchisida osonlik bilan g'alaba qozondi. Koreya terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan bahsning ikkinchisida Istomin o'z kuchini ayagan holda ishtirok etdi. Sababi ertasiga Qozog'istonga qarshi muhim o'yin bor edi.



“Goyang” stadionida OAV uchun yaratilgan sharoit


Tennisni suratga olish qiziq ekan. Faqat bitt kadrni poylaysiz. Kort ham kichkina. Suratlarni tezkorlik bilan, olamsport.com loyihasi rahbari Kamoliddin Alimovga yubordim-da, media markaz tomon yo'lga chiqdim.

Kecha SHavkat SHukurov degan o'quvchimiz, u erda O'zbekistonga bo'lgan etibor qanday deb savol berdilar. O'tgan yili Janubiy Koreya – O'zbekiston terma jamoasi o'yini oldidan juda ko'plab xabar va lavhalar chiqqandi. Osiyo o'yinlarida OAV bor etiborini o'z terma jamoasiga qaratgan. Biz haqimizda deyarli yozilmayapti. Asosan oltin medal uchun kurashayotgan sportchilar kun mavzusidan tushmayaptilar. Bizdan hozircha dzyudo kengroq yoritildi. Agar bizni keng yoritishlarini istasak, unda qator g'alabalarni qo'lga kiritishimiz lozim bo'ladi. Kecha 2-3 nafar kishiga ishlash qiyinligini takidlab o'tgandim. Agar bizda ham katta guruhlar kelib faoliyat olib borsa, biz haqimizda chet elda nima deb yozishyapti deb kutib ham o'tirmagan bo'lardik. Qolaversa, til muammosi. Nari borsa 5 foiz sportchimiz chet tilini biladi. Intervyu berish uchun bu juda kam. Tabiiyki bunday pallada, biznikilardan hech kim intervyu olmaydi.

Tennisdan chiqib media markazga borib, birinchi avtobusning o'zidanoq “Goyang” stadioniga yo'l oldik. SHu kungacha bu stadion atrofida ishlab kelayotgandim. Stadionning strukturasiga faqat havas qilasiz. Fotomuxbirlar uchun ham maydonga tushish juda oson. Media tribunani aytmasangiz ham bo'ladi. Odatda bizda OAV vakillari o'yinga taqab stadionga kelishadi. Buning sababi oddiy, kim ham jazirama yoki sovuqda “fonar” ushlab turishni istaydi? Bu erdagi stadionlarning barida media vakillari ishlab o'tirishi uchun katta-katta xonalar mavjud. Seyvlardan tortib, printergacha. Xullas OAV vakillari istasa ertalab kelib olmaydimi, mazza qilib ishlashiga imkon bor.

O'yin haqida to'xtalib o'tirmayman, matnli translyaciyada barchasini o'qidingiz. Umuman olganda raqiblarimizning kuchidan kelib chiqib guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritishimiz aniq edi. Bo'lib o'tgan uchta o'yin bizning asl o'yinimizni ko'rsatib berdi deb o'ylamayman. Umid qilaman, futbolchilarimiz ham qo'lga kiritilgan g'alabalardan sarmast emaslar. Boisi, o'yinlar endi boshlanayapti.

O'yindan keyin Afg'oniston bosh murabbiyiga ochiq o'yin uchun rahmat aytdim. Boisi bu futbol, yutasanmi, yutqazasanmi futbol o'ynagin devorging keladi. Afg'onlarning yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashiga ochiq futbol taklif etgani bo'ldi. Aslida guruhda ikkinchi o'rinni qo'shnilarimiz olsa adolatli bo'lardi. Gonkong va Bangladesh terma jamoalariga qarshi o'tkazgan ikki uchrashuvini ham tomosha qildim, raqiblar Afg'onistonga qarshi himoyada yotvoldilar.

Yana bu terma jamoa federaciyasining ishlashi menga yoqdi. SHuncha sharoitga ega bo'lgan federaciyamiz afg'onlarchalik ishlamasligiga yana bir bor amin bo'ldim. Afg'oniston foto va video muxbirlari bilan tashrif buyurgan. Faqat futbolni yoritish uchun.



Afg'oniston terma jamoasi bilan yurgan media xodim


“Xalqimiz yillar davomida urushdan qiynaldi. Biz ham tinchlik istaymiz, xalqimiz tinch yashay deydi. Ularning shuncha qiynalgani etar, biz aniq dastur asosida ishlagan holda, hali jahon chempionatiga chiqamiz. Bu ular uchun sovg'a bo'ladi”, - degan tasirli gapi bilan terma jamoa bosh murabbiyi matbuot anjumaniga yakun yasadi.

Bu bilan nima demoqchiman, futbolga yaqinda kirib kelgan BAA, Qatar va Gonkong kabi davlatlarning bizga etib olgani etar. Ko'zimizni ochmasak, qolganlar ham o'zib ketishini hammamiz bilib turibmiz. PFL va O'FF vakillarining vaqti bo'lsa, bir Afg'oniston futbol federaciyasining saytiga kirishlarini maslahat berardim.

Terma jamoamizning kayfiyati alo edi. Avtobusda ortga qaytayotgan chog'imiz, TVda hamyurtimiz Dilshod CHoriev 90 kg.gacha bo'lgan dzyudochilar bahsi finalida yaponiyalik Yoshida bilan matga tushdi. Ortga qaytayotgan barcha murabbiy va futbolchilar CHorievga ishqibozlik qilishdi. Afsuski, kurashning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, qo'shimcha daqiqada Olimpiada chempioni Yoshida kichik tafovut bilan CHorievni mag'lubiyatga uchratdi.

Sport shaharchasiga kelganimizda, dzyudochilarimiz qaytayotgan edi. Tabiiyki, oltinni qo'ldan boy bergan CHorievning kayfiyati biroz past, aksincha, qaytishini bronza bilan nishonlagan Tangriev musobaqadan ko'ngli to'lgan edi.



Hozircha eng ko'p chet ellik muxlis O'zbekistonniki bo'lib turibdi


Sport shaharchasida juda ko'p mashhur shaxslarni uchratishingiz mumkin. Ayniqsa, Xitoy terma jamoasida bir nechta Olimpiada o'yinlari sovrindorlarini ko'rishingiz mumkin. Kechki taomga kirganimizda, Qatar voleybolchilarini ko'rdim. 2 metr va undan baland bo'lgan voleybolchilar, xuddi futboldagi kabi chetdan kelgan sportchilar ekanligi ko'rinib turibdi. BAA esa dzyudoga ukrainalik sportchilarni qo'ydi.

Xullas shunday, sog' va salomat bo'ling. Ha aytganday, iltimos qilaman Sizlardan “nik”ingizni o'zgartirishni boshqa so'ramang!

22 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon.
Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика