So’nggi yangiliklar

08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  1 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  5 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  7 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  8 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   14 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  14 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  33 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1

Incheondan yozamiz. 9-kun kundaligi ...Futboldan dam oldim Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 9-kun kundaligi ...Futboldan dam oldim

23 sentyabrda dam oldim, aniqrog'i futboldan. Tennis va suv polosiga bordim. Finalga chiqsa, dzyudoga ham borishni rejalashtirgan edim, ammo...
Sportchilarimiz oldiga 60ta medal olish vazifasi qo'yilgan. Avvalgi Osiyo o'yinlarida 54ta medalni qo'lga kiritganmiz. Amalga oshirsa bo'ladigan vazifa. Hozircha medallarimiz ko'p bo'lmasa-da, biz sovrindor bo'lishimiz mumkin bo'lgan sport turlari mana endi boshlanadi. Bular, taekvando, kurash, boks, kanoe va eshkak eshish, sport gimnastikasi, og'ir atletika va barchangiz kutayotgan FUTBOL. 



Polochilarimizning sport formalari chiroyli dizaynda qilingan

Dzyudo o'zi rejalagan medallarni olib berdi. Faqat afsuski, ularning ichida oltini bo'lmadi. Barchamizning umidimiz Dilshod CHorievdan edi, ammo finalda imkoniyat boy berildi. Abdulla Tangrievning qaytishi chakki chiqmadi. Yarim finalga kelib, 2 yilni o'tkazib yuborgani o'z tasirini o'tkazdi. Uning asosiy maqsadi Rio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish. Xuddi shu sabab bilan Rishod Sobirov matga chiqmadi. Aslida medallarimiz ikkitaga ko'p bo'lishi mumkin edi, biroq bronza uchun yutqazib qo'ydik.

Tennisga borganimda, Do'stov mag'lubiyaga uchrayotgan edi. Final yo'llanmasini beradigan o'yindagi raqibimiz – Qozog'iston. Qo'shnilarimizda tennis bizchalik rivojlanmagan. Ular bu safar legionerlar xizmatidan foydalandi.  Andrey Golubev (62) va Mixail Kukushkin (73) Istomin/Do'stov juftligini 2:1 hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bo'lib o'tgan uchta bahsda Istomin g'alaba qozona oldi xolos. Ayni paytda Denis ATR reytingida 55-o'rinda turibdi. Vikipediya maluotlariga tayanib xabar beradigan bo'lsam, Istomin shu kunga qadar 3 000 000 AQSH dollariga teng daromadli turnirlarda qatnashgan. Do'stovniki deyarli 8 marotaba kam. Kukushkin va Golubevning  ikkisini qo'shganda, Istominni daromadi kelib chiqar ekan. SHu boisdan mag'lubiyatga uchramasligimiz kerak edi.
Tennisdan chiqib suv polosiga bordim. U erda qizlarimiz mazza qilib, suvda futbol o'ynashayotgan edi. Futbolga o'xshab jamoaviy suratga tushirardim-ku, cho'kib ketishlari mumkin dedim.



Yaponiyalik suv polochisining gavdasi

Yaponiya terma jamoasining Osiyo suv polosida o'z o'rni bor. SHuning uchun o'yinda sharqliklar favorit sanalardi. Bizda sporning bu turiga yaqin-yaqindan etibor qaratila boshlandi. Homiy ham yaxshi. Sekinlik bilan natijalar yaxshilanib borishiga ishonish mumkin. Bu gaplarni shunchaki yozmayapman, qizlarimizning o'yinidan kelib chiqib, yaponlar osonlik bilan g'alaba qozonamiz deb o'ylagan edilar, birinchi bo'limda o'yin teng kechdi. Ikkinchisida biroz toliqish bo'ldi. Yaponiyadagi ikki nafar qiz, sumochidek baqquvat edi, darvozani to'sib qo'ya qoldi. Bizning qizlar texnikaga tayangan holatda suzdilar.

Incheonga kelib, bizda sportning boshqa turlari ham rivojlanib borayotganini sezdim.  Futbolchilarimiz odatga ko'ra mashg'ulot o'tkazib qaytishdi. Ularga yuklangan bosim hozir har qachongidan ham yuqori. Bosim haqida.. bosim JCHga chiqish vazifasidan ham yuqori. Boisi hammangiz bilasiz, guruhda bitta o'yinni boy bersangiz, ikkinchisi orqali to'ldirib ketishingiz va yakunda kerakli ochkolarni qo'lga kiritish oraqali vazifani bajarish mumkin. Bu erda biroz boshqacharoq, bitta ham o'yinda mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q.

Menga sportchilarning inoqligi yoqayapti. Boshqa jamoalarda bunday muhitni ko'rmaysiz. O'zbekchilik tarbiyasi baribir boshqalarga nisbatan ustun turar ekan. Garchand medallarimiz kam bo'lsa-da, sportchilarimizning origa besh ketdim. Mag'lubiyatdan uyalayotganlarni ko'ryapman. Liftdan pastga tushar ekanman, 8-qavatdan uchta qizcha chiqdi. Ular Oksana CHusovitina boshchiligida sport gimnastikasida ishtirok etish uchun kelishgan edi.

-   Natija qanday bo'ldi?
-   Beshinchi bo'ldim...



Denis Istomin boshchiligidagi jamoamiz bronza oldi

Bechora qizga raxmim kelib ketdi. Bu o'rinni shunchalik uyalib aytdiki, hijolatdan bosh ko'tara olmadi. Aynan shunday vatanparvar sportchilarimiz borligidan xursand bo'ldim. Ko'nglini ko'tarish uchun, keyingi musobaqada oltin olishiga tilak bildirdim. CHusovitina 20 yildan ortiq vaqt davomida sport gimnastikasi bilan shug'ullanib medallarni yutishni uddasidan chiqa olyapti, bu qizlar hali yillar davomida ustozlarining natijasini takrorlashiga ishonging keladi.

Kechga kelib jamoaviy bahsda dzyudo kun hisobidagi ikkinchi bronzani taqdim etdi. Sal avvalroq tennisda yarim finalga chiqqanligi uchun bronza olgan edi.

23 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon
Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика