So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  6 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  4 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   12 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   6 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  31 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Incheondan yozamiz. 10-kun kundaligi. Boksdagi “qotillik” Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 10-kun kundaligi. Boksdagi “qotillik”

Hakamlarning “doda”si boksda, buni bilardim, bu safar o'z ko'zim bilan ko'rib 100% shunga amin bo'ldim.
Siz futbol muxlislari o'yinlardagi hakamlikdan xafa bo'lmasangiz ham bo'laveradi. Boisi bizda hakamlarning begonasi yo'q. Bugun yutqazsangiz, ertaga g'alaba bor. Boksda esa unday emas, xuddiki avvaldan chempion malumdek.

24 sentyabr kuni barchamiz orziqib kutgan boks musobaqasiga start berildi. Mars Qo'chqorov boshchiligidagi 10 nafar bokschimiz turnirga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotganliklarini, tongda turib o'tkazadigan mashg'ulotlaridan ham bilsak bo'lardi. Kun tartibiga ko'ra boks musobaqasini aynan biz ochib berishimiz kerak edi. 56 kg. vaznda Murodjon Ahmadaliev xitoylik Jang Jeaviga qarshi ringga chiqdi. 



Arenada O'zbekiston bayrog'i hilpirayapti




Mana shunday zarbalarni "egan" xitoylik g'alaba qozondi


Ilk marotaba boksni suratga olayotganligim tufayli hali tajribam yo'q edi. Fotojurnalistikada bir kishi barcha sport turini birdek o'zlashtira olmaydi. Futbol fotojurnalistikasiga kirib kelganimga 8 yildan oshdi. Mana endi faoliyatimni kengaytirishni niyat qilib turibman. Xullas kerakli poziciyadan joy olgan holda ham rasm oldim, ham Murodjonga ishqibozlik qildim. Xabaringiz bo'lsa kerak, Olimpiada o'yinlarida boksga bo'lgan etiborni oshirish maqsadida shlemni olib tashlashdi. Ammo qo'lqopda o'zgarish bo'lmagan. Professional boks qo'lqoplari yoshlarnikiga nisbatan qattiqroq bo'lib, siz istalgan bir zarb bilan raqibni nokaut holatiga tushirishingiz mumkin.

Birinchi raundda xitoylikning boshi klinchdan chiqmadi. Murodjon o'ziga ishonch bilan raqibni urib tashladi. Ikkinchi raundga kelib xitoylik hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgan zarbalarni berdi. Uchinchi raundning dastlabki daqiqasida tan olish kerak, Jang ochkoga tortadigan 3ta zarba bera oldi. Lekin qolgan ikki daqiqada boshi kaltakdan chiqmadi. Sal qolsa nokdaun bo'lardi, baxtiga soniyalar yakuniga etib bo'lgan edi. SHunda Mars Qo'chqorov o'z shogirdini tabrikladi, arenaga yig'ilgan aksar ishqibozlar O'zbekiston bayrog'ini hilpiratar ham edilarki, barcha hakamlar  uchinchi raundda xitoylik 10-9 hisobida, jami 27-30 hisobi bilan g'alaba qozonganini aytdi. Hamma shokda! Yangi qoidaga ko'ra, siz hakamlar ustidan shikoyat qila olmaysiz. Nari borsa, referining ustidan yozishingiz mumkin. Ammo referi, tushib ketgan kapani olib berishi yoki klinchni noto'g'ri baholashi mumkin, xolos. Demak, barchasi befoyda. So'nggi ikki raundda xitoylik ustun bo'ldi deylik, lekin hakamlar birinchi raundda ham uni g'alaba qozondi deb topdilar.




Vatan sog'inchi shu darajada kuchayib ketdiki, uni har bir erdan izlayapman. Tasodifan olgan suratimda, O'zbekiston bayrog'i. Moviy osmon, oq bulut, yam yashil maydon.


Sport shaharchasiga ketar ekanmiz, Mars Qo'chqorov, bunday hakamlik boksni orqaga tortishi mumkinligidan xavotirda ekanligini aytdi. O'z navbatida shogirdiga, u mag'lubiyatga uchramaganini takidlab, ruhan ko'nglini ko'tarib qo'ydi.
Bu kun ijodga boy bo'ldi. Boksdan chiqib sport qishlog'iga qaytdim va terma jamoamiz bilan mashg'ulotlarga ketdim. SHu erda sizlardan uzr so'rayman, intervyular yo'q hisobi. Men intervyu olmoqchiman, ammo ular bermasa majburlay olmayman. Nima uchun bizda katta futbolchilarimiz gapirishni bilmaydi deysizlar, yoshligidan o'rganmaganidan keyin shu-da. Gapirish ham sanat, uni yoshlikdan o'rganmasangiz, keyin o'rganolmay qolasiz. Nima uchun chet el futbolchilari har bir savolga, kerak bo'lsa o'zingizni “mot” qilib qo'yuvchi javoblarni bera oladi, chunki yoshlikdan OAV bilan muloqotda bo'lgan. Endi-endi jurnalistikaga kirib kelganimda, o'zimdan kattalarning ketidan yugurib yurardim, uzr 3 nafar farzandim bilan yugur-yugur qilsam uyat bo'lar endi, bersa berdi, bermasa yo'q. Yalinish ham yo'q. Aslida shu futbolchilarni deb kelgandim, bazida shunday xafa bo'lasan kishi.  Ha mayli, mashg'ulotlarni o'tkazib, og'ir atletikaga ketdim. Muzlab ketdim o'ziyam.

Har bir arenaga, bir soatda bir marta avtobus yuradi. Keyingi avtobusni kutadigan bo'lsam kech qolishim aniq edi. Taksi to'xtatdim, bizdagi taksichilarning bilmagan eri yo'q. Bu erda bilmasa ham mijozni olaveradi, ulardan nima ketdi, taksometr bo'lsa bor. Xullas O'zbekiston pulida 60 000 so'mga 10 km.lik masofani 15 kmda bosib o'tdim. Haydovchi yo'lni bilmagani uchun aylantirib olib bordi. Ham kech qoldim, ham ortiqcha xarajat.




Ulug'bekka bronza keltirgan ko'tarish




G'olib va sovrindorlar. Pastdagi baqquvat eronlik, Xosseyn Rezazade 1978 yilda tavallud topgan. Sidney olimpiadasida 473 ochko yig'ib, jahon rekordini o'rnatgan.


Arenaga etib borganimda siltab ko'tarish bahslari yakuniga etib bo'lgandi. Unga ko'ra, Ulug'bek Alimov uchinchi o'rinni egallab turgan edi. Ikkinchi bosqich juda qiziqarli o'tdi. Hamyurtimiz so'nggi urinishda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Uning baxtiga eronlik CHodegoni so'nggi urinishda 210  kg. toshni ko'tara olmadi. SHundan keyin Alimov 216 kg. toshga buyurtma berdi. Afsuski, buni uddalay olmadi. Bu paytga kelib faqat Tian Taoda bittagina imkoniyat qolgan, qolgan barcha sportchilar o'z urinishlarini amalga oshirib bo'lgandi. Tao 368 ochko bilan 4-o'rinda turgan edi. Siltab ko'tarish bahsida g'alaba qozongan sharqlik, vabankka ketdi. 218 kg. toshga buyurtma berib, bir urinishda uni muvaffaqiyatli ko'tara oldi va Osiyo o'yinlarining oltin medallarini qo'lga kiritdi. Amaldagi JCH g'olibi Ruslan Nuriddinov esa yozgi Rio olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Osiyo o'yinlariga kelmagan.

Musobaqa tugaganidan keyin sport gimnastikasi boshlanishi kerak edi. Ammo vaqt va yo'l uzoqligidan kelib chiqib etib bora olmasdik. Bu haqda kechroq Anvar aka aytib berdilar. Demak, hikoya qilaman:

Sport saroyi. Nafaqat sport gimnastikasi, balki musobaqaning eng mashhur sportchisi hamyurtimiz Oksana CHusovitina.  Suxandon qatnashchilar nomini elon qilar ekan, Oksanaga alohida etibor qaratdi.
-   Kutib oling,  Barselona Olimpiadasi g'olibasi, bir nechta Olimpiada o'yinlari sovrindori, jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisi va medalchi, mashhur – Oksanaaaaa CHusovitina.....




Qarsaklar og'ushida qolgan CHusovitina



Navbatdagi medal muborak!

Suxandon bu gaplarni koreys tilida aytardi. Zalga yig'ilgan 5 ming nafar ishqiboz tik turgan holda, Oksanani qarsak bilan olqishladilar. Ko'zlariga yosh kelgan CHusovitina qo'lini yuragiga olib borib, havodan ularga purkadi. Hayajonli daqiqalar edi. Menimcha, birorta sportchimiz bunday yuksak qarsaklarga hali duch kelmagan.
Bunga javoban Oksana 39 (!) yoshida SHimoliy Koreyalik raqibasi Xong Unyongdan keyin faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yashavor, Oksana (opa)!

SHu kuni yana bir medalni qo'lga kiritdik. Osiyo o'yinlarida barchamiz CHusovitina va Fokindan medal kutayotgan edik. Murabbiylarimizni yana bir sirli qurollari borligini, shohsupaga chiqqan Abdulla Azimov orqali ko'rdik. U haqda hattoki og'iz ham ochishmagandi. Keyin aytishlaricha, bu bilan MOQga sovg'a tayyorlashgan ekan. Sovg'a esa o'xshadi, 1996 yilda tavallud topgan Abdulla Azimov Yamamoto Masayoshidn keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Aytish lozimki, yaponiyalik ginastikachi Azimovdan 6 yosh katta. SHunday ekan, Abdullaning kelajagiga ishonamiz, nasib qilsa, Abdullani o'zimiz uylantiramiz!




Ulug'bek O'zbekiston bayrog'ini hilpiratmoqda.


Sal qolsa yodimday chiqay debdi.
Ikkinchi jangda Ilnur Abdullaev filippinlik CHarli Suarezga 1:2 hisobda imkoniyatni boy berdi. Jangni o'zim ko'rmadim, ammo yana hakamlardan nolishdi.

Bugun uchun etar deb o'ylayman, uzun maqolani o'qish o'quvchiga ham zerikarli. Xayr, salomat bo'ling!

24 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon.
Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика