So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  2 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Incheon - Toshkent - Dubay yoxud Markazdan "CA"ga "zapret"! Yangiliklar

Incheon - Toshkent - Dubay yoxud Markazdan "CA"ga "zapret"!

O'zim bormasam bo'lmaydiganga o'xshaydi, 0:3 ham yutqazadimi deydigan odam yo'q.
Albatta bu hazil, terma jamoani yoritish mening vazifam. Har holda Terma jamoalar markazi bu masuliyatni o'zidan olib tashlagan. Gap nima haqida ketayotganini quyida o'qib bilasiz.

Menimcha, Incheonda sizlarni zeriktirmadim. Yil boshida o'z rejalarimni tuzar ekanman, oldimda 4ta yirik musobaqa turgan edi. Bu tabiiyki JCH-2014, Osiyo o'yinlari, yoshlar hamda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari. O'ylab qarasam? JCHdan menga foyda yo'q, qolaversa, ko'pni ko'rgan tanishlarim sharoiti boshqa JCHlardan sust bo'lishini aytishayotgan, bu erda TV va internetda tinmay noroziliklar. Qisqasi O'zbekiston ishtirok etmaydigan musobaqaga pul sarflashni o'rinsiz deb bildim.

Bir deganda Tailanddan ham voz kechdim. Buning ikkita sababi bor edi. Biri bosh murabbiy o'zgargani. Buni terma jamoalar Markazi yo bir yil avval yo umuman qilmasligi lozim edi. Mochinov esa o'z mavqeyini tavakkal qildi. Buyog'ini oldindan bashorat qilish qiyin emasdi. Aslida guruh o'yinlarini kuzatib o'sha erdan Incheonga uchishim mumkin edi. Mehmonxonada muammo yo'q. Muxlislar klubi doimiy ravishda saytimizni qo'llab keladi. Ammo ular istiqomat qiladigan joy terma jamoa mehmonxonasidan ancha uzoqda. Borib-kelish cho'ntakka zarar. Borganingizdan keyin yana mashg'ulotga xarajat. Mochinov esa menga begona, undan ruxsat olib birga yuray desam, tanish emasman. SHu kungacha Nuraliev, Evstafeev va Musaevlar bilan tanishligim ish berib kelardi.

Murabbiy terma jamoaning kapitani, aynan u hal qiladi kimni kemaga chiqarishni. Aksiga olib Mochinov ruxsat bergan takdirda ham kemaning "piratlari" ruxsat bermas edi. Ruxsat bermaydi emas, o'zingizga aytmaydi, orqadan xanjar bilan uradi. Qachon bular OAVni odam o'rnida ko'radi hayronman. Kecha Toshkentda ishlarimni bitirib yurar ekanman, U-16 futbolchisi musobaqa paytida saytimizga intervyu berish man qilinganini aytib qoldi, bor-ku, yorilib ketay dedim. Nega? Uyim-joyim demay shu o'quvchi uchun malumot beray deganimiz uchunmi? Bazan yuzerlar bizga shunaqangi maslahatlarni berib, noo'rin tanqid qiladilarki, mana shunday payt ikki hissa alamdan yorilay deysiz. Pichoq ham borib suyakka taqaladi. Markaz vakili Incheonda ham bazi do'stlarimizga biz aslida yomon odamlar ekanligimizni aytishganida etibor bermagandim. Biz karvonmiz-ku, orqamizdan qolib ketaversin deb. Maqolning davomini o'zingiz aytib olarsiz. Endi Mirabror Zufarovichga borib aytmasak bo'lmaydiganga o'xshaydi. Sizlarga aytsam, Axmadjon Musaev Jamshid Iskanderovni terma jamoaga chaqirganiga rosa gap eshitgandi, bazi "mutaxassis"larimiz tomonidan. Hozir Jama va Sardor oliy ligamizning 5 yil avvalgi Jeparov va Ahmedovlari. O'zim ham hayron bo'ldim, nega Incheonda bular intervyu bermaydi deb. Milliy terma jamoada esa unday emas, bu erdagi futbolchilarimiz kim aslida kimligini biladilar. SHuning uchun ham ular bilan ishlash maroqli. Markaz va O'FF o'zini jurnalistlariga nima qilib beryapti? Qilmagani etmaganidek, atrofdagilarni yomon otliqqa chiqarib futbolchilarga yomon ko'rsatish...bunisi ortiqcha. Lekin qonun bor, OFK va FIFA qonunlarida, futbolchilar OAV bilan suhbatda bo'lishi kerak. Bazi murabbiylarimiz ham OAVdan qochadi.

Mayli asabni asrayin, yana bir hafta o'zga yurtda ishlashim kerak. Dubayga birga ketishimizni Odil va Server bilardi. Kapadze va Tursunov aeroportda ko'rib xursand bo'lishdi. Balki bu Markazga yoqmas, ammo futbolchilarga OAV kerak. Tursunov hazillashib safardayam rasmga tushar ekanmiz-da, O'FFdan ketyapsizmi deydi. O'FFdan sado chiqqanida Hasan akam ketmasmidi dedim. Haqiqatdan ham nega hech bo'lmasa o'zinikini olib ketmaydi? Futbol kim uchun, muxlis uchunmi? Agar shunday bo'lsa OAV emasmi ularni yoritadigan. Men-ku amallayapman, lekin auditoriyamdan kelib chiqib bu juda oz. MTJ bilan kamida 4-5 nafar turli tashkilot vakillari yurishi kerak. To'g'ri, bu ko'proq OAVning o'ziga ham bog'lik, internet malumotlariga tayanib kolganlar etarlicha.

Bironta sherik topilmaganiga, "Paxtakor"ning 40 yillik muxlisi Saidmurod akamga birga borish taklifi bilan chikdim. Bu kishi 25 yil otam bilan aviaciya zavodida birga ishlagan. O'zimga ancha yaqin kishi. Hayotdagi ustoz desa ham bo'laveradi.

Xullas kecha asablar taranglashgan holda bir amallab ishlarni bitirdim. Kechga yaqin voqealarga oydinlik kiritib, o'zim uchun kim qandayligini bilib oldim. Endi ular bilan jiddiy gaplashib olish qoldi holos. SHaxsiy adovatni ishga aralashtiradigan insonlar buzyapti bizning futbolni. PFLdan terma jamoa orqali chalg'iyman deb turgan paytingiz, yuqoridagi muammolar ichida sevimli ishingizni tashlab yuborgingiz keladi.

Yo'lda yurib kundalik yozish odat tusiga aylanib qolibdi, mazkur kundalikni samolyotda yozib keldim. Meni kursdoshim Elyor kutib oldi. Terma jamoaga yaqin bo'lsin deb, markazroqdan mehmonxona oldim. Hozirgina ishlarni bitirib, kundalikning u yoq bu yog'ini qarab saytga qo'ymoqdaman. Bugun mashg'ulotga borishim kerak, ertadan ish qaynaydi.

P.S: Nik o'zgartirishni so'raganlar, blok qilinadi!

Nodirxo'ja Yuldashev.
Dubay, BAA.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика