Incheon 2014. Xitoyning oltinlari 126, bizniki esa 6 taga etdi
01 okt 2014 09:18
Yangiliklar
Incheon 2014. Xitoyning oltinlari 126, bizniki esa 6 taga etdi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining navbatdagi kunidan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha Xitoy terma jamoasi hamon juda katta farq bilan peshqadamlik qilyapti.
CHin yurti vakillari qo'lga kiritgan oltin medallari soni 116 taga etdi. SHuningdek, ularda 80 ta kumush hamda 63 ta bronza medali ham bor. Umumiy medallari soni – 269 ta!
Ikkinchi o'rinda borayotgan mezbonlar hisobida 171 ta medal mavjud. SHulardan 54 tasi oltin, 56 tasi kumush, 61 tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka 38 ta oltin, 54 ta kumush, 55 ta bronza medaliga ega Yaponiya terma jamoasi yakun yasagan. Qozog'iston terma jamoasi safidagi Osiyo o'yinlari g'oliblari soni 15 nafarni tashkil etyapti. SHuningdek, yon qo'shnilarimiz hisobida 16 ta kumush, 25 ta bronza medali mavjud. Eron terma jamoasi (14-11-10) kuchli beshlikka yakun yasagan.
Bugungacha 24 ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalga ega bo'lib ulgurishdi. Umumiy olganda, 33 davlat terma jamoalari g'aznasida kamida bitta Osiyo o'yinlari bronza medali bor. O'zbekiston terma jamoasi esa 6 ta oltin, 7 ta kumush, 14 ta bronza, jami 27 ta medalga ega bo'lgani holda 12-pog'onadan joy olgan.

Fikrlar