Incheon 2014. Taekvondochilarimizdan bitta oltin va bitta kumush!
30 sen 2014 15:47
Yangiliklar
Incheon 2014. Taekvondochilarimizdan bitta oltin va bitta kumush!
87 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Jasur Boyqo'ziev finalda g'alaba qozonib, Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi. U finalda Janubiy Koreya vakili SHin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Jasur 1/8 finalda eronlik Yusuf Karamiga qarshi kechgan keskin bahsda 5:4 hisobida zafar quchgandi. CHorak finalda iordaniyalik Muhammad Al SHojahey taslim etilgandi - 6:0. Yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili SHin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
SHuningdek, 74 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Nikita Rafalovich finalda eronlik Masud Xajizavarehga qarshi tatamiga tushdi. Afsuski bahsda raqib 3:2 hisobida zafar quchdi. SHunday qilib, Nikita O'zbekiston hisobiga kumush medalini qo'shib qo'ydi.Bungacha u 1/8 finalda afg'onistonlik Dav Roogxbik Zabihullohni 4:1, chorak finalda tailandlik taekvondochi Ila On Pirxatxeplarni 13:1, yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili Song Yong Geongni 12:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar