Incheon 2014. Taekvondo. Maksim va Dmitriy finalda! FOTOGALEREYA
01 okt 2014 13:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146375_original.jpg)
![](/upload/storage/146375_220.jpg)
Incheon 2014. Taekvondo. Maksim va Dmitriy finalda! FOTOGALEREYA
Osiyo o'yinlarining taekvondo musobaqasida terma jamoamiz azolari muvaffaqiyatli odimlashyapti.
Jumladan, -80 kg. vazn toifasida dayanga chiqayotgan hamyurtimiz Maksim Rafalovich finalga chiqdi. Rafalovich yarim finalda xitoylik Sen Kiaoni 6:5 hisobida mag'lub etdi. Maks oltin medal uchun bahsda eronlik Mahdi Xodabaxshiga qarshi jang qiladi. Final Toshkent vaqti bilan soat 14:32ga belgilangan.
+87 kg. vazn toifasida dayanga chiqayotgan terma jamoamiz azosi Dmitriy SHokin ham finalga chiqdi. Yarim final bellashuvida Dima tojikistonlik Alisher Gulov bilan xisob-kitob qildi. Bahsda vakilimiz raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 12:0. Hal qiluvchi bahsda SHokin koreyalik Jo CHolxo va livanlik Elias El Haydari juftligi g'olibiga qarshi jang qiladi. Bu final 14:48da boshlanadi.
Quyida yarim final janglarining fotogalereyasini tomosha qiling.
Foto: Nodirxo'ja Yuldashev

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar