So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Incheon-2014. Bangladesh darvozasiga javobsiz uchta gol urildi Yangiliklar

Incheon-2014. Bangladesh darvozasiga javobsiz uchta gol urildi

Osiyo o'yinlarining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Bangladesh uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston - Bangladesh 3:0
Gollar: Vohid SHodiev 14, 20, Sardor Rashidov 34
Bosh hakam: Ming Xsun YU (Xitoy Taypei)
O'zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 2.Egor Krimec, 7.Fozil Musaev, 8.Jamshid Iskandarov (5.Dilshod Jo'raev, 46), 10.Vladimir Kozak, 13.Davron Hoshimov (4.Bobur Yo'ldoshev, 80), 15.Vohid SHodiev, 16.Sardor Rashidov (9.SHahzodbek Nurmatov, 67), 17.Igor Sergeev, 19.Farruh Sayfiev, 20.Islom To'xtaxo'jaev (S)
Bangladesh: 12.Mahmud Rasul, 2.Hasan Rayxon, 3.Kumar Bosh Kasto, 4.Xon Yasin, 6.Bhuyan Jamol, 7.Rana Sohel, 8.Islom Mamun Mamunul (S), 10.Vishvas Xemonta Vinsent, 12.Mahmud Rasul, 13.Barman Topu, 15.Munna SHavdxuri, 19.Ahmad Muhammad Toklis (5.Hussayin Zohid, 82).

# "B" guruhi O' YU D M T-N O
1 O'zbekiston 2 1 1 0 4-1 4
2 Gonkong 2 1 1 0 3-2 4
3 Bangladesh 2 1 0 1 1-3 3
4 Afg'oniston 2 0 0 2 1-3 0


 
                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH

Vakillarimiz navbatdagi o'yinni 22 sentyabr kuni Afg'onistonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi

90+3. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston Bangladeshni yirik hisobda mag'lub etdi - 3:0

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi

86.
Vakillarimiz to'pni o'z nazoratlari ostida ushlab turishibdi. Bugun O'zbekiston 23ta zarba berdi, raqiblarimiz hisobida 2ta zarba bor. 

83.
O'yin tugab bormoqda. Hisob hamon 3:0

79. O'zgarish. O'zbekiston.
Davron Hoshimov o'rniga Bobur Yo'ldoshev tushdi

76.
Farruh Sayfiev jarima to'pini amalga oshirdi, hujumchilarimizning zarbasi noaniq ketdi

73.
Tashabbus hamon O'zbekiston tomonida, yakuniy va aniq zarba yo'q...

67.
Nurmatov ilk urinishdayoq to'pni Fozilga oshirdi, Musaev to'pni darvozaga yo'llasa bo'lardi. Biroq Musaev to'pni SHahzodning o'ziga qaytarib berdi, noaniq

66. O'zbekiston. O'zgarish.
Sardor Rashidov o'rniga SHahzodbek Nurmatov tushdi

64.
SHahzodbek Nurmatov maydonga tushishga tayyorlamoqda. Bu uning tug'ilgan kuniga sovg'a bo'lsa ajab emas

63.
Zaxiradan maydonga tushgan Jo'raev ancha faol o'ynamoqda

58.
Yana bir vaziyat, chap qanotdan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi, Musaevga to'p o'tmadi

56.
SHodievning zarbasi noaniq ketdi

53.
Davron Hoshimov burchak to'pini ishlab oldi, bu vaziyat ham samara bermadi

48.
Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'pini Sergeev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

46.
Iskanderov o'rniga Dilshod Jo'raev tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45.
Birinchi bo'lim yakunlandi. 3:0. Tanaffus

44.
Mana Bangladesh uyg'ondi. Qanotdan oshirilgan to'pni Krimec boshi bilan qaytarib yubordi

42.
Iskanderovning nozik pasidan so'ng SHodiev uzoq burchakni nishonga olgandi, noaniq.

41.
Hozirgi vaqtga kelib to'p bilan muomala qilish foiz hisobida 72-28. Vakillarimiz oldinda

40.
Bangladesh imkon qadar qarshilik ko'rsatishga urinmoqda, biroq hozircha yaxshi hujum tashkil eta olishmadi.

37.
Vakillarimiz maydonda erkin harakat qilishmoqda, faqat ko'proq imkoniyat yaratib ko'proq gollar urish kerak

35.
Mana endi bugun nechta to'p farqi bilan yutamiz degan savolga javob qidiramiz.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOR RASHIDOV! Iskanderovning jarimadan uzatgan to'pini Rashidov raqib darvozasiga yo'lladi - 3:0

27.
Bu safar Iskanderovning to'p uzatishiga Sayfiev eta olmadi

25.
Jamshid Iskanderov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

24.
O'zbekiston o'yinni nazorat qilmoqda.

19. Qanotdan uzatilgan to'pni SHodiev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.

19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:0 VOHID SHODIEV

19.
Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan Farruh Sayfiev burchak to'pi ishladi

17.
To'p kiritib olganidan so'ng vakillarimiz asta sekinlik bilan hujum tashkil qilishmoqda. Raqibning hujumga o'tganini hali ko'rganimizcha yo'q.

16.
Sardor Rashidov! Uning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab oldi

14. Iskanderovning darvozaga yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni SHodiev darvozaga yo'lladi - 1:0.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! VOHID SHODIEV 1:0

8.
Sardor Rashidovning zarbasi golga aylanmadi

6.
Hozirgi daqiqalarda O'zbekiston 8 nafar futbolchi bilan hujumda, raqiblar esa deyarli butun tarkib bilan himoyalanishmoqda

5.
Davron Hoshimovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sergeev darvozaga yo'llay olmadi

5.
Bugun O'zbekiston ko'k, Bangladesh esa qizil formada o'ynamoqda.

4.
Iskanderovning jarimadan uzatgan to'pini

2.
Vakillarimiz ustunlikka egalar. Bir qator hujumlar tashkil etildi.

1. O'YIN BOSHLANDI


- Endi Bangladesh madhiyasi

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi yangrab o'tdi.

- Diqqat qiling jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика