Immobile "Yuventus"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
09 may 2022 21:37
Yangiliklar


Immobile "Yuventus"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
"Lacio" hujumchisi CHiro Immobile sog'ligi sababli "Yuventus"ga qarshi o'ynamasligi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi A Seriyaning 36-turi doirasidagi "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda (2:0) o'ng to'pig'idan jarohat olgan. U 90 daqiqani maydonda o'tkaza oldi, biroq oyog'ida og'riq sezgan.
SHu munosabat bilan uning Italiya chempionatining 37-turida “Yuventus” bilan o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Uchrashuv 16 mayga belgilangan.
Immobile joriy mavsum A Seriyaning 31 o'yinida 27 ta gol urdi va to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar