Immobile Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi edi
20 sen 2022 16:59
Yangiliklar
Immobile Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi edi
Murabbiy bilan suhbatdan so'ng futbolchi fikrini o'zgartirdi.
"Lacio" hujumchisi CHiro Immobile terma Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganini aytdi.
"To'g'ri, men ketishni xohlagandim, lekin keyin Manchini bilan gaplashdim va hali terma jamoaga kerakligimni angladim. Hafsalangiz pir bo'lganda, ming xil narsani o'ylaysiz. Biroq men murabbiy bilan gaplashdim va Italiyaga hali ham kerakligimni his qildim.
Biz tajribali o'yinchimiz, yosh futbolchilarning rivojlanishiga yordam bera olamiz. Murabbiy aytganidek, keyingi Evropa va Jahon chempionatlariga qaytamiz", – dedi Immobile.
Immobile Italiya terma jamoasi safida 2014 yildan beri o'ynab keladi. 32 yoshli hujumchi hisobida terma jamoada 55 ta o'yin va 15 ta gol bor.
Fikrlar